Mahmud Usmonovich Aminov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aminov Mahmud Usmonovich (1908.4.6, Kogon tumani – 1992.8.6, Samarqand) – tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977), tarix fanlari nomzodi (1947), dotsent (1953). Oʻzbekiston ped. akademiyasini tugatgan (1933). Samarqand Davlat Universitetida assistent, tarix fakulteti oʻqituvchisi va dekan oʻrinbosari (1937–41), Samarqand viloyati xalq taʼlimi ped. kabineti mudiri (1941–44), 12-bilim yurti direktori va Oʻqituvchilar malakasini oshirish instituti oʻqituvchisi. Ped. institut direktor oʻrinbosari (1953–55). Samarqand Davlat Universitetining tarix fakulteti dekani (1944–53; 1956–74). Oʻzbekiston xalqlari tarixi kafedrasi mudiri (1967– 71), kafedra dotsenti (1974–92), oʻquv ishlari boʻyicha prorektor (1977–78).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil