Mahmud Ismoilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Ismoilovich Ismoilov
Tavalludi 22-mart 1927-yil
Samarqand
Vafoti 10-iyul 2010-yil(2010-07-10)
(83 yoshda)
Dushanbe, Tojikiston
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi Biolog
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti

Mahmud Ismoilovich Ismoilov (1929-2010) – sovet va tojik botanik olimi, Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1991)[1][2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahmud Ismoilov 1929-yil Samarqand shahrida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagach Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetiga oʻqishga kirdi va universitetni 1949-yilda tamomladi. Bir muddat Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanidagi maktabda oʻqituvchilik qilgan (1949—1952). Keyinchalik Tojikiston Fanlar akademiyasi Botanika instituti aspiranti akademik P.N.Ovchinnikov rahbarligida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi (1954). Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika instituti Dushanbe botanika bogʻi kichik, katta ilmiy xodim (1955—1960), direktor (1960—1967) lavozimlarida faoliyat yuritgan[3]. 1967—1993-yillarda Botanika instituti Dushanbe botanika bogʻi rahbarligiga tayinlangan. Mahmud Ismoilov Tojikiston Davlat universitetining botanika fakultetida dars bergan. U 1993—1998-yillarda Tojikiston SSR Fanlar akademiyasi Botanika instituti direktori boʻlgan. 1998—2008-yillarda Tojikiston Fanlar akademiyasi „Tojikles“ oʻrmon xoʻjaligi birlashmasida bosh ilmiy xodim boʻlib ishlagan.

Ilmiy qiziqishlari: fitotsenologiya, oʻsimliklar sistematikasi va introduksiyasi.

Biologiya fanlari doktori (1976), professor (1980). Tojikiston Respublikasi Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1991).

Tojikiston SSR xalq taʼlimi aʼlochisi. Tatariston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi. V.I.Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan „Jasoratli mehnati uchun“ medali va „Mehnat faxriysi“ ordeni bilan taqdirlangan. Tojikiston Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorligʻi berilgan.

Biologiya, ekologiya, dendrologiya, fitosenologiya, ijtimoiy-siyosiy sohalarda 10 ta kitob va 220 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 20 dan ortiq talabalarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalariga rahbarlik qilgan.

Mahmud Ismoilov 2010-yilda Dushanbeda vafot etdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Энсиклопедияи советии тоҷик. Ҷилди 3. – Душанбе, 1981. – С. 31-32
  • Академияи илмҳои Ҷумҳурии Тоҷикистон. Ҳайати шахсӣ. – Душанбе: Дониш, 2011. – 216 с.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]