Mahmud Ibrohimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mahmud Ibrohimov
Tavalludi 1936-yil
Taʼlimi oʻrta maktab
Kasbi Fotomuxbir
Mashhur ishlari "Dod xotinning dastidan"

Mahmud Ibrohimov – fotomuxbir, Jurnalistlar uyushmasi a’zosi. U 1936-yilda Janubiy Qozog'iston viloyati Sayram tumanida tugʻilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1954-yilda oʻrta maktabni tugatib, 1960-yilgacha turli sohalarda, foto toʻgaragi rahbari, pioner-vojatiy, boshlangʻich komsomol tashkilotining kotibi boʻlib ishlagan. 1960-yildan rayonlararo „Hosil uchun“ roʻznomasida adabiy xodim, 1963-yildan „Uchqun“ roʻznomasida fotomuxbir, 1966-yildan 1991-yilgacha „Mushtum“ jurnalida adabiy xodim, mas’ul kotib boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 1991-yil avgustidan Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligining „Boshlangʻich taʼlim“ jurnalida bosh muharrir oʻrinbosari va mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan[1].

U 1960-yildan Jurnalistlar uyushmasi a’zosi boʻlgan. Asosan felyeton janrida qalam tebratgan. „Dod xotinning dastidan“ kitobi bosilib chiqqan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sodiq, Sayhun. To‘raqo‘rg‘onnoma. Andijon nashtiyoti, 1992-yil — 255 bet.