Madoiniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Madoiniy (to‘liq ismi: Abulxasan Ali ibn Muhammad al – Madoiniy; 753 – taxm. 830) – yirik arab tarixchisi; Arabiston, Xuroson hamda O‘rta Osiyoning VII-VIII asr boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy tarixiga tegishli muhim ma’lumotlar keltirilgan. “Axbor ul-xulafo” (“Xalifalar haqida xabarlar”), “Kitob ul-mag‘oziy” (“ (Harbiy) yurishlar haqida kitob”), “Kitob futuh ash-Shom” (“Shomning fath etilishi”), “Tarix al-buldon” (“Mamlakatlar tarixi”), “Axbor ash-shuaro” (“Shoirlar haqida xabarlar”) va b.q. asarlar muallifi. Bulardan “Kitob al-mag‘oziy” hamda Xuroson hokimlari Asad ibn Abdulloh (725-727; 735-738 y.) va Nasr ibn Sayyor (738-748) ga bag‘ishlangan kitoblari Eron, Afg‘oniston va O‘rta Osiyoning arablar

istilosi va VIII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy-siyosiy tarixi bo‘yicha qimmatli manba hisoblanadi.

Biroq, al-Madoiniyning asarlari bizning zamonimizgacha yetib kelmagan. Ulardan ayrim parchalar Balazuriy va Tabariy  kitoblarida saqlanib qolgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. . .