Kontent qismiga oʻtish

Madeleine West

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madeleine West
Melanie Ann Weston

West 2001-yilda
Tavalludi 26-iyul 1980-yil (1980-07-26) (43 yosh)[1]
Melbourne, Victoria, Australia
Kasbi
  • Aktrisa
  • muallif
  • rejissyor
Faoliyat yillari 2000-yildan hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi Shannon Bennett (2005–2018)
Bolalari 6

Melanie Ann Weston (1980-yil 26-iyulda tugʻilgan), professional ravishda Madeleine West nomi bilan tanilgan, avstraliyalik aktrisa, muallif va rejissyor. U 2000-yildan 2003-yilgacha va 2017-yildan 2020-yilgacha „Neighbours“ serialida Dee Bliss va Andrea Somers rollarini ijro etgan. 2007-yildan 2010-yilgacha „Satisfaction“ filmida yuqori toifali eskort Mel rolini, „House Husbands“ serialidagi Dimity rollarini oʻynagani bilan mashhur. Keyinchalik Underbelly va Fat Tony & Co. filmlarida ham ishtirok etgan. West 2016-yilda The Wrong Girl filmi uchun kastingdan oʻtadi. U shuningdek, „Six Under Eight“ nomli ota-onalar kitobini yozgan. U 2007-yilda WWE tomonidan ishlab chiqarilgan „The Condemned“ filmida Stone Cold Steve Austinning rafiqasi Sarah rolini oʻynagan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Melanie Enn Weston Woodendda tugʻilgan va shu yerda oʻsgan[1]. U Woodend boshlangʻich maktabida va sakkizta oʻrta maktabda oʻqigan (oʻgay otasining muhandislik ishlari tufayli uning oilasi butun mamlakat boʻylab koʻp marta koʻchishgan)[1]. West yoshligidan oilasi va doʻstlari qarshisida oʻz chiqishlarini namoyish qila boshlagan[1]. U 1992-yilda New South Walesning iqtidorli bolalar drama ansambliga oʻqishga kiradi va keyinchalik Swinburne University of Technology, Tamworth Conservatorium of Music va Riverina drama ansamblida tahsil oladi[2].

Madeleine West 2023-yil yanvar oyida bolaligida jinsiy zoʻravonlikka uchraganini maʼlum qiladi. Zoʻravonlik u 5 yoshligida boshlangan va besh yil davom etgan[3].

Westga zoʻravonlik qilgan odam uning qoʻshnisi boʻlgan Peter White ismli odam edi. 2022-yilda West hozirda tadbirkor, sobiq santexnik va oʻzining katta oilasiga ega boʻlgan Whitega nisbatan adolatli qaror qabul qiladi. West White bilan uning uyida uchrashadi. White bildirmagan holda, West ovoz yozish moslamasini taqib olgan edi. White zoʻravonlikni inkor etmaydi, lekin u buni eslay olmasligini daʼvo qiladi. U Westdan kechirim soʻragan. Whitening boshqa bolalarni tahqirlaganini va qurbonlarining jami yetti nafarga yetganini aniqladi va barcha qurbonlar Whitening zoʻravonligini fosh qilishda Westgaga yordam beradi va buning natijasida White 33 ta jinsiy jinoyatda ayblanadi. 73 yoshli White sudda aybiga iqror boʻladi va 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi[4].

Ijodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madeleine West Deakin Universityda huquqshunoslik fakultetida oʻqishga kiradi. U aktyorlik faoliyatini boshlash uchun keyinchalik oʻqishni nomaʼlum muddatga qoldiradi[5]. West 1999-yilda Australian Drug Foundationning „Eng yaxshi boʻl“ stipendiyasi bilan taqdirlanadi. Uning havaskor teatr ishlari qatoriga Arsenic and Old Lace, Night Reflections, Theatre in the Raw, Bye Bye Birdie, va Snow Queen kiradi. West 1999-yilda Di Bliss rolida Neighboursda ishlay boshlaydi. Ikki yildan soʻng u Logie Awardsda „Eng mashhur yangi ayol isteʼdodi“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan[6]. West 2003-yil mart oyida shartnoma muddati tugaganidan keyin Neighboursni tark etishi haqida eʼlon qiladi[7]. Uning soʻnggi sahnalari aprel boshida suratga olinadi[8].

West 2008-yilda Underbelly kriminal dramasida Danielle McGuire rolida paydo boʻlgan[9]. 2011-yilda u Winners & Losersdagi Deidre Gross rolida ishlay boshlaydi[10]. West avvalroq uchinchi farzandiga homilador boʻlgani sababli shouda ishtirok etishdan bosh tortgan edi[10] .

Madeleine West 2013-yilda House Husbands serialining ikkinchi qismida Dimity rolida paydo boʻladi[1][9]. U, shuningdek, roʻyhatga oluvchi mehmonxona hodimi sifatida „Mr & Mrs Murder“ epizodida ishtirok etgan[11].

Madeleine West 2017-yilda „Neighbours“ga qaytib, Di Bliss qiyofasidagi Andrea Somers rolini oʻynaydi. Madeleine West, shuningdek, „The Wrong Girl“ filmidagi telekoʻrsatuv boshlovchisi Erica Jones roli oʻynaydi[12]. Uning „Six Under Eight“ nomli birinchi kitobi 2017-yilning mart oyida chop etilgan va shundan beri West Lily D, V. A.P deb nomlangan bolalar kitoblari seriyasini chiqaradi[12][13].

Madeleine West sobiq detektiv Gary Jubelin bilan 2023-yilda sakkiz qismli "Predatory" podkast seriyasida ishlagan[3][14].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Madeleine West 2005-yilda restoran egasi Shannon Bennett bilan munosabatlarga kirishishdan oldin „Shopping for Love“ boshlovchisi Pete Lazer bilan unashtirilgan[15][1][10]. Madeleine West va Shannon Bennettning olti farzandi bor: Fenix (2005-yil dekabrda tugʻilgan), Hendrix(2008-yil aprelda tugʻilgan), Xascha (2010-yil iyul oyida tugʻilgan), Xanthe (2012 yilda tugʻilgan) va Xalia va Margaux egizaklari(2014-yilda tugʻilgan). West farzandlarining ismlari qasddan X harfi bilan boshlanmaganligini taʼkidlaganWest was engaged to Shopping for Love co-host Pete Lazer,[16] before entering into a relationship with Shannon Bennett, a restaurateur, in 2005.[1][10] The couple have six children together; Phoenix (born December 2005), Hendrix (born April 2008), Xascha (born July 2010), Xanthe (born 2012) and twins, Xalia and Margaux (2014). West commented that the Xs in the names did not start out as intentional. In September 2018, West confirmed that she and Bennett had separated, but were "striving to reconnect as friends and parents."[17] . 2018-yil sentabrida West Bennet bilan ajrashganini tasdiqlagan[18] .

West 2020-yildan beri ekolog Maximo Bottaro bilan aloqada boʻlib, u bilan oʻzining ReForest Now tashkilotida koʻngilli volontyorlik vaqtida uchrashgan[19].

Madeleine Westni 2002-yil iyul oyida Sidneyda avtobus urib yuboradi[20]. Aktrisa hushidan ketgan vaqtda talon-taroj ham qilingan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Izohlar
2005 You and Your Stupid Mate Emma
2007 The Condemned Sarah Cavanaugh
2010 Matching Jack Nancy
2011 Faces Rita qisqa film
2012 Save Your Legs! Janine
2014 Predestination Mrs. Stapleton

Televizion filmlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nomi Rol Izohlar
2000-2003, 2017, 2019-2020 Neighbours Dione „Dee“ Bliss
2004 Stingers Rochelle „The River of No Return“ epizodi
2004 Big Reef Casey Lane Televideniya filmi
2005 Hercules Hippolyta Mini serial
2005 Last Man Standing Janie 1-mavsum, 16-epizod
2007-2010 Satisfaction Mel
2007 The Starter Wife Katy
2008 Canal Road Bianca/Meredith Pearce/Bianca Pearce
2008 Underbelly Danielle McGuire
2009 City Homicide Melinda Jackson „Diggers“ epizodi
2010 Rescue Special Ops Annika Ehrenberg
2011 Winners & Losers Deidre Gross „We Are Family“ epizodi
2012 Lowdown Mark Hardy’s Wife Episode: „A Bollywood Ending“
2013 House Husbands Dimity
2013 Mr & Mrs Murder Rena „Keeping Up Appearances“ epizodi
2014 Fat Tony & Co. Danielle McGuire
2016-2017 The Wrong Girl Erica Jones Main cast
2017-2020 Neighbours Andrea Somers
2018 Show Me the Movie! Oʻzi
2018 Talkin' 'Bout Your Generation Oʻzi
2018 Have You Been Paying Attention? Oʻzi
2018-2019 Playing for Keeps Kath Rickards

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 Miller, Megan. „Madeleine West has the looks of a sex kitten, talks like an academic and has four kids to one of our top chefs“. Herald Sun (2013-yil 1-iyun). Qaraldi: 2013-yil 31-may.
  2. „Madeleine West“. ICMI. Qaraldi: 2011-yil 25-noyabr.
  3. 3,0 3,1 PA Media.. „Ex-Neighbours actress Madeleine West says she was sexually abused as a child“. The Press (2023-yil 15-yanvar). 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
  4. „Going undercover to catch a serial paedophile | 60 Minutes Australia“. YouTube.
  5. Brygel, Jackie. Law unto herself; FACTfile. Melbourne Herald-Sun (2000-yil 9-avgust), s. H5. Accessed 25 November 2011 via LexisNexis Academic.
  6. Courtis, Brian. „Time for hottest show in town“. The Age. Fairfax Media (2001-yil 22-aprel), s. 12. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  7. Randall, Tim. „Soap gossip...“. Daily Record. Trinity Mirror (2003-yil 1-mart). Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  8. Miller, Kylie. „Networking“. The Age. Fairfax Media (2003-yil 10-aprel), s. 14. Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  9. 9,0 9,1 Bamber, Shaun „Playing gangster bride an honour and a challenge“. Stuff.co.nz (2015-yil 2-fevral). Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  10. 10,0 10,1 10,2 10,3 Vickery, Colin. „West's pregnant pause“. The Sunday Times. News Limited (2011-yil 26-iyul). Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.
  11. „TV Guide Free-To-Air Highlights“. The Advertiser (2013-yil 1-may). Qaraldi: 2024-yil 18-fevral.
  12. 12,0 12,1 Dunk, Tiffany. „The Wrong Girl star Madeleine West on being a working mum of six, wife and her home, 'Chateau Catastrophe'“. news.com.au (2016-yil 7-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 24-noyabr.
  13. „Lily D, V.A.P | Hardie Grant Publishing“ (en). HardieGrant. Qaraldi: 2020-yil 24-iyun.
  14. News Corp Australia.. „New Predatory podcast exposes monsters hiding in plain sight“. The Daily Telegraph (2023-yil 14-yanvar). 2023-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-yanvar.
  15. Miller, Megan „Madeleine West has the looks of a sex kitten, talks like an academic and has four kids to one of our top chefs“ (en). www.adelaidenow.com.au (2013-yil 31-may). Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  16. Miller, Megan „Madeleine West has the looks of a sex kitten, talks like an academic and has four kids to one of our top chefs“ (en). www.adelaidenow.com.au (2013-yil 31-may). Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  17. Herbrik, Tiffany „Madeleine West confirms split from Masterchef star“. Who (2018-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  18. Herbrik, Tiffany „Madeleine West confirms split from Masterchef star“. Who (2018-yil 10-sentyabr). Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.
  19. „Madeleine West confirms new beau, opens up about sex life after split“. news.com.au (2022-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 15-fevral.
  20. „Neighbours star back after being hit by bus“. Breaking News.ie. Thomas Crosbie Holdings (2002-yil 4-avgust). Qaraldi: 2011-yil 30-iyul.