Kontent qismiga oʻtish

Madeleine Peyroux

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madeleine Peyroux
Peyroux 2008-yilda
Peyroux 2008-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 19-aprel 1974-yil (1974-04-19) (50 yosh)
Janrlar Jazz, pop
Faoliyat yillari 1990-yillardan hozirgacha
Leybllar Atlantic, Rounder, Decca
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt madeleinepeyroux.com

Madeleine Peyroux (1974-yil 18-aprelda tugʻilgan) – amerikalik jazz qoʻshiqchisi va qoʻshiqlar muallifi, oʻz faoliyatini oʻsmirlik davrida Parij koʻchalarida boshlagan. U 2004-yilda Careless Love albomi yarim million nusxada sotilib katta muvaffaqiyatga erishgunga qadar vintaj jazz va blyuz qoʻshiqlarini kuylagan.

Madeleine Peyroux Jorjiya shtatining Afina shahrida tugʻilgan. Uning bolaligi Nyu-York va Kaliforniyada oʻtgan[1][2]. U intervyularda ota-onasini „hippilar“ va „eksentrik oʻqituvchilar“ deb tariflaydi. Ular Madeleine Peyrouxga musiqa bilan shugʻullanishiga yordam berishgan[3]. U bolaligida otasining eski plastinalarini tinglagan va onasining ukulelesini chalishni oʻrgangan[4].

Peyroux oʻn uch yoshga toʻlganda, uning ota-onasi ajrashishadi va u onasi bilan Parijga koʻchib oʻtadi. Ikki yil oʻtgach, u Lotin kvartalida koʻcha musiqachilari bilan qoʻshiq kuylashni boshlaydi. U Riverboat Shufflers deb nomlangan vintage jazz guruhiga qoʻshildi, keyin The Lost Wandering Blues va Jazz Band qoʻshilib, ular bilan Evropaga gastrol qilgan[1][5].

Ilk tanilishi va muvaffaqiyat

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Frayburg im Breisgaudagi chodir musiqasi festivali 2019

Madeleine Peyroux Atlantic Records kompaniyasining isteʼdod agenti eʼtiboriga tushadi va oʻzining Dreamland (1996) debyut albomini chiqaradi. U bir guruh tajribali musiqachilar: James Carter, Cyrus Chestnut, Leon Parker, Vernon Reid va Marc Ribot bilan birga 1930—1940-yillardagi mashxur qoʻshiqlarning (Billie Holiday, Bessie Smith, Fats Waller) kaver versiyalarini kuylaydi[1]. Bir yil oʻtgach, u Rainer Ptacekning hurmat albomi uchun „Life is Fine“ qoʻshigʻining kaverini kuyladi[6].

Madeleine Peyroux 2004-yilda William Galison bilan „Got You on My Mind“ albomini chiqaradi[7]. Uning ikkinchi toʻliq metrajli albomi Careless Love, Rounder Records tomonidan chiqarilgan va Larry Klein unga prodyuserlik qilgan. Careless Love yarim million nusxada sotilgandan soʻng Amerika Yozuv Industriyasi Assotsiatsiyasi (RIAA) tomonidan oltin sertifikatga sazovor boʻldi. Albomda Bob Dilan, Hank Williams va Leonard Cohen kabi musiqachilarning qoʻshiqlari bor edi[8]. Madeleine Peyroux Jesse Harris, Kathryn Dawn Lang, va Walter Becker bilan birga yozilgan navbatdagi „Half the Perfect World“ albomini ishlab chiqardi[2]. Half the Perfect World Billboard jurnalining Top 200 albomi chartida 33-oʻrinni egalladi.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Albom nomi Yuqori natijalari Sertifikatlar
AUS
[9]
AUT BEL
(Fl)
BEL
(Wa)
FRA
[10]
GER NED NZ SPA SWI UK US
Dreamland
Careless Love
  • Chiqarilgan yili: 2004
  • Leybl: Rounder
26 54 33 28 18 91 7 71
Half the Perfect World
  • Chiqarilgan yili: 2006
  • Leybl: Rounder
26 42 41 31 15 55 19 25 38 41 12 33
Bare Bones
  • Chiqarilgan yili: 2009
  • Leybl: Rounder
64 42 49 40 18 75 33 28 39 46 12 71
Standing on the Rooftop 43 77 75 61 64 81 35 22 57 56
The Blue Room
  • Chiqarilgan yili: 2013
  • Leybl: EmArcy/Decca
54 42 50 28 65 67 31 82 43 62
Keep Me in Your Heart for a While: Best of Madeleine Peyroux
  • Chiqarilgan yili: 2014
  • Leybl: Rounder
115
Secular Hymns
  • Chiqarilgan yili: 2016
  • Leybl: Verve
137 53 53
[12]
93 70 64 96
Anthem[13]
  • Chiqarilgan yili: 2018
  • Leybl: Pennywell, Decca
88

Kollaboratsiya va mehmon ijrochilar bilan birga

[tahrir | manbasini tahrirlash]

William Galison bilan

The Lost Wandering Blues and Jazz Band bilan

  • Spreading Rhythm Around

The Sachal Ensemble bilan

  • Song of Lahore (Universal, 2016)[14]
  1. 1,0 1,1 1,2 Collar, Matt „Madeleine Peyroux“. AllMusic. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  2. 2,0 2,1 [1] (Wayback Machine saytida February 11, 2015, sanasida arxivlangan)
  3. „Madeleine Peyroux strips down to the Bare Bones | The Courier-Mail“. News.com.au (2009-yil 7-mart). Qaraldi: 2012-yil 22-aprel.
  4. [2] (Wayback Machine saytida November 8, 2009, sanasida arxivlangan)
  5. „Musician Madeleine Peyroux (Vocal) @ All About Jazz“. Allaboutjazz.com. 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-dekabr.
  6. Swartz, Mark „Madeleine Peyroux“. Furious.com (2003-yil yanvar). Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  7. „Got You on My Mind“. AllMusic. Qaraldi: 2016-yil 13-sentyabr.
  8. „Gold & Platinum - RIAA“. RIAA. Qaraldi: 2018-yil 4-avgust.
  9. Peaks in Australia:
  10. „Madeleine Peyroux discography“. Lescharts/com. Hung Medien. Qaraldi: 2013-yil 26-aprel.
  11. „ARIA Charts – Accreditations – 2005 Albums“. Australian Recording Industry Association. Qaraldi: 2022-yil 6-sentyabr.
  12. „Le Top de la semaine : Top Albums Fusionnes - SNEP (Week 38, 2016)“ (fr). Syndicat National de l'Édition Phonographique (2013-yil 10-iyun). Qaraldi: 2016-yil 27-sentyabr.
  13. „Anthem by Madeleine Peyroux on iTunes“. iTunes Store (CA) (2018-yil 31-avgust). Qaraldi: 2018-yil 4-sentyabr.
  14. Piccalo, Gina „Pakistan's Sachal Jazz Ensemble rises above the risks in 'Song of Lahore'“. Los Angeles Times (2015-yil 5-noyabr). Qaraldi: 2018-yil 2-sentyabr.