Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks (MJK) -maʼmurii huquqbuzarliklar va maʼmurii jazoga oid qonunlarning muayyan tizimga solingan majmui. OʻzRning Maʼmurii javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-apreldan kuchga kirgan. MJK 5 boʻlim, 31 bob va 348 moddani oʻz ichiga oladi. Kodeksning umumiy qoidalari bayon qilingan 1-boʻlimida maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va ularning vazifalari, mazkur hujjatlar sohasida OʻzRning , Qoraqalpogʻiston Respublikasining va-kolatlari, maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish borasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari, maʼmuriy huquqbuzarliklarning oldini olish kabi masalalar bayon qilingan. 2-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik va maʼmuriy javobgarlik masalalariga bagʻishlangan, 3-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga vakolati boʻlgan organlar (mansabdor shaxslar), 4-boʻlim maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish: 5-boʻlim maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qarorlarni ijro etishga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |