Magnitogidrodinamik generator

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(MGD-generatordan yoʻnaltirildi)

Magnitogidrodinamik generator, MGD-generator — issiqlik energiyasini bevosita elektr energiyasiga aylantirib beradigan generator. Asosiy qismlari: elektrodlar joylashgan kanal va kuchli magnit maydonni hosil qiladigan elektromagnit. Magnitogidrodinamik generatorning yopiqsiklli (berk kanalli) va ochiq siklli (ochiq kanalli); impulsli (oniy), qisqa muddat va uzok, muddat ishlaydigan xillari boʻladi. Generator ishlab turgan paytda temperatura va bosim taʼsirida kanalda harakatlanadigan va magnit maydonni kesib oʻtadigan elektr oʻtkazuvchi ish jismi (elektrolit, suyuq metall yoki plazma) da elektr toki hosil boʻladi. Bu tok elektrodlar orqali isteʼmolchiga boradi. Dastlabki Magnitogidrodinamik generator 20-asr 50-yillar oxiri va 60-yillar boshida oldin AQSH da, keyinroq sobiq Ittifoqda yaratilgan. Quvvati 500 MVt ga yetadigan MGD-elektr stansiyaning magnitogidrodinamik bloki ham ishlab chiqilgan. Magnitogidrodinamik generator issiqlik elektr st-yalarining ish samaradorigini ancha oshiradi. Magnitogidrodinamik generatordan elektr stansiyalarda, kosmik kemalar, samolyotlar va boshqalarda foydalanish mumkin.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil