Lyudvik Abramovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyudvik Abramovich
Tavalludi 5-iyul 1879-yil
Vafoti 9-mart 1939-yil
Vilnyus, Polsha
Fuqaroligi Polsha bayrogʻi Polsha
Kasbi siyosatchi, tarixchi, jurnalist

Lyudvik Karol Abramovich (5-iyul 1879-yil, Moskva – 9-mart 1939-yil) – Polsha tarixchisi va jamoat arbobi, jurnalist, noshir[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lyudvig Abramovich Krakovdagi Krakov universitetini tamomlagan.

1905-yildan Vilnyusda istiqomat qilgan.

Lyudvig 1906-yildan Gazeta Wileńska, Kurier Wileński nashrlarida faoliyat olib borgan.

1911-yildan 1938-yilgacha u Przegląd Wileński gazetasida muharrir boʻlib ishlagan.

Abramovich 1925-1939-yillarda Vrublevskiy kutubxonasini (hozirgi Litva Fanlar akademiyasining Vrublevskiy kutubxonasi) targʻib qilish boʻyicha ilmiy qoʻmitasining raisi boʻlgan.

U Belorussiyaning ijtimoiy va madaniy hayoti bilan bogʻliq boʻlgan. „Chetire veka knigopechataniya v Vilno, 1525-1925“ (Vilno, 1925) kitobida Fransisk Skorina va uning izdoshlari faoliyati haqida yozgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АБРАМОВИЧ ЛЮДВИГ КАРЛ“. Qaraldi: 2023-yil 5-dekabr.