Kontent qismiga oʻtish

Lyudmila Shevtsova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lyudmila Shevtsova

Lyudmila Shevtsova 1960-yilgi olimpiya oʻyinlarida
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavallud sanasi 26 November 1934 (1934-11-26) (yoshi 89)
Boʻyi 1.64 m
Vazni 53 kg
Sport
Qaysi sport Yengil atletika
Klubi Avangard (Dnipro)

Lyudmila Ivanovna Gurevich (keyinchalik Shevtsova, keyinroq Lisenko[1] 1934-yil 26-noyabrda tugʻilgan) — sobiq ukrainalik yengil atletikachi. Asosan 800 metrga yugurish musobaqalarida qatnashgan. SSSR sport ustasi (1995[2]), Xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1955), Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohibi.

1960-yil 3-iyulda 2 daqiqa 4,3 soniya natija qayd etib, jahon rekordini oʻrnatgan[3]. Ikki oydan soʻng, 1960-yilgi olimpiadaning 800 metrga yugurish musobaqasida oltin medalni qoʻlga kiritgan. Ikki avstraliyalik sportchilar Brenda Jones va Dixie Willis poygada peshqadamlik qilishayotgan edi. Marraga 50-70 m masofa qolganida Willis musobaqadan chiqib ketgan. Shevtsova Jonsni quvib yetgan va oxirgi metrlarda gʻalabani ilib ketgan[4][5].

1954-yilda Shevtsova milliy chempionatda 800 metrga yugurish musobaqasida ikkinchi, Yevropa chempionatida uchinchi oʻrinni egallagan. 1962-yilgi Yevropa chempionatida finalga qadar yetib bora olmagan. Faoliyati davomida toʻqqizta marta mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan: 1955-yilda 400 m; 1955-56, 1959 va 1961-62 yillarda 800 m; va 1960-62 va 1964 yillarda. Faoliyatini tugatgandan soʻng, Kiyevda yengil atletika boʻyicha murabbiylik qilgan[4]. 1960-yilda Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan.

Shevtsova dastlab badiiy gimnastika bilan shugʻullangan. 1951-yilda kutilmaganda yengil atletika boʻyicha Dnepropetrovsk chempionatida kutilmaganda gʻalaba qozongandan soʻng, yoʻnalishini yengil atletikaga oʻzgartirgan. Ikki marta turmush qurgan. Shu sabbli familiyasini ikki marta (dastlab Lisenko, keyin esa Gurevich) oʻzgartirgan. Uning ikki nikohdan ikki oʻgʻli bor. Oleg (1957-yilda tugʻilgan) va Vladimir. Shevtsova ikkinchi eri, yengil atletika boʻyicha murabbiy bilan Kiyevda yashaydi[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. ruscha: Людмила Ивановна Лысенко (-Шевцова, -Гуревич)

    ukraincha: Людмила Іванівна Лисенко (-Шевцова, -Гуревич)
  2. V Komitete po fizkulture i sportu // Sovetskiy sport (gazeta). — 5 marta 1955, № 29. — s. 2.
  3. „Athletics – World Record progression“. International Olympic Committee. Qaraldi: 2006-yil 6-sentyabr.
  4. 4,0 4,1 Liudmyla Lysenko. sports-reference.com
  5. Athletics at the 1960 Roma Summer Games: Womenʼs 800 metres. sports-reference.com
  6. Vera v uspex daet visokie rezultati. (interview in Russian) zorya.org.ua