Kontent qismiga oʻtish

Lunvan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lunvan - Xitoy mifologiyasida suv dunyosi hokimi, ajdarholar yetakchisi. Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra, Lunvan uzunlik jihatidan (1 li - tahminan 0,5 km) qolgan ajdarholar orasida eng yirigi hisoblangan. Bir qator tadqiqotchilar, jumladan, fransuz olimi A.Maspero fikricha, Lunvan obrazi milodiy asrda buddizm matnlari ta’sirida vujudga kelgan. Chunki ushbu davrda „ilonlar shohi“ haqida hikoya qiluvchi „Nagaradja“ nomli buddizm sutrasi xitoy tiliga tarjima qilinib, undagi voqealar Lunvan afsonasi voqealariga o‘xshab ketadi.Qadimgi Xitoy „Lunvan kulti“ juda keng tarqalgan bo‘lib, unga atab har bir shahar, qishloq, daryo, ko‘l va quduq bo‘yida ibodatxonalar barpo etilgan. Dengizchi, baliqchi, dehqon va miroblar Lunvan uchun muayyan ibodatlarni bajarishgan va ular hatto buloqlar ham yer osti orqali dengizga bog‘lanadi hamda ularning barchasi Lunvan nazorati qiladi, deb ishonishgan. Qurg‘oqchilik vaqtida Lunvan haykali ibodatxonadan tashqariga chiqarilib, quyosh nurlari ostiga qo‘yilgan bo‘lsa, suv toshqini vaqtida uning haykali yuz qismini falokat va vayrongarchiliklar tarafga qaratib qo‘yilgan va bu ishlaridan u uyaladi, deb e’tiqod qilingan[1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 274.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.