Kontent qismiga oʻtish

Lukirskiy-Prilijayev tajribalalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fototokning kuchlanish va yorug'lik kuchiga bog'liqligini o'rganish sxemasi

Lukirskiy tajribasi- ()sferik kondensator usilidir. Tajribaning maqsadi fototok kuchini o'rganish. Tajribada Stoletovning sxemasiga o'xshash sxema qo'llaniladi. Bu sxemada P - yoritiladigan metall plastinka, N - G Galvanometr orqali B batareyaning mos qutbiga ulangan ikkinchi plastinka. Yorug'lik tasirida P plastinkadan chiqayotgan elektronlar B batareyaning tasirida N plastinka tomonga harakat qiladi va simlar orqali galvanometrga borib, B batareyaning tokini ulaydi, yani zaryadlar oqimini tutashtiradi.

Birinchi tekshiruvchilar bu hodisaning yoritilayotgan sirtning tozaligiga juda ko'p bog'liq ekanligini aniqlashdi. Shuning uchun aniq bajariladigan tajribalarda mexanik usulda yaxshilab tozalangan sirtlar bilan yoki, yaxshisi, metallni vakuumda bug'lantirib yalatish orqali yasalgan sirtlar bilan ish ko'riladi. Ulash vaqtida P va N elektrodlar o'rtasida yuqori vakuum saqlanib turiladi, chunki elektrodlar o'rtasida gaz bo'lishi sirtning xususiyatlarini ko'p o'zgartiradi hamda zaryadlarning chiqish va ko'chish sharoitlarini qiyinlashtiradi. Yorug'likni o'zgartirmay B batareyaning kuchlanishini o'zgartirsak, galvanometr ko'rsatayotgan tok kuchining qiymatini ma'lum chegaralarda o'zgartirishimiz mumkin. Biroq tajribani yuqori vakuumda o'tkazib, elektrodlarning shaklini o'zgartirib yoritilgan sirtdan chiqayotgan barcha zaryadlar tezlashtiruvchi maydon yordamisiz ham ikkinchi elektrodga tu'shadigan qilsak, u holda fototokning kuchi maydonni kuchaytirganda ortmaydi. Aksincha elektronlarning yoritilgan sirtdan ikkinchi elektrod tomonga qilayotgan harakatiga xalaqit beradigan qilib yonaltirilgan sekinlashtiruvchi maydon fototokni kamaytirishi va hatto nolga teng qilib qo'yishi mumkin .

Fototok xarakteristikasi

Haqiyqatdan ham, tajriba bu mulohazalarga mos ravishda I fototok kuchining elektrodga berilgan V potensiallar farqiga bog'lanishi quyidagi rasmdagi ko'rinishiga ega ekanligi haqida dalolat beradi. Agar elektrodlarning shakli va o'zaro joylashishi yuqorida aytib o'tilgan talablarga javob bermasa. fototokning xarakteristikasi birmuncha o'zgaradi(rasmdagi funktir egri chiziq). Biroq bu xarakteristikaning bazi muhim xususiyatlari o'zgarmay qoladi; uncha katta bo'lmagan tezlashtiruvchi potensiallar farqi berilganda tok o'zgarmas qiymatga ega bo'ladi(to'yinish toki); ma'lum sekinlashtiruvchi(tormozlovchi) potensiallar farqi berilganda tokning qiymati nolga teng bo'lib qoladi. Fototokning toyinishiga intilishini A.G.Stoletov ham ko'rsatib o'tgan. To'yinish toki yorug'kik tasirida ajralib chiqqan barcha elektronlarning galvanometr zanjiri orqali o'tadigan sharoitga mos kelgani uchun to'yinish tokining kuchini yorug'likning fotoelektr tasiri birligi sifatida qabul qilish mumkin.

Adabiyotlar

Optika  ; G.S.Lansberg Toshkent-"O'qituvchi"-1981, 642-b.

Курс общей физики. В 5 т. Том 4. Волны. Оптика  ; Савельев И. В.