Kontent qismiga oʻtish

Lukas Nmecha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lukas Nmecha
Nmecha 2017-yil Manchester City tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Lukas Okechukwu Nmecha[1]
Tavallud sanasi 14-dekabr 1998-yil (1998-12-14) (25 yosh)[2]
Tavallud joyi Hamburg, Germany
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VfL Wolfsburg
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2018 Manchester City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2017–2021 Manchester City 2 (0)
2018–2019 → Preston North End (ijara) 41 (3)
2019–2020 → VfL Wolfsburg (ijara) 6 (0)
2020 → Middlesbrough (ijara) 11 (0)
2020–2021 → Anderlecht (ijara) 37 (18)
2021– VfL Wolfsburg 44 (13)
Milliy terma jamoa
2013 Angliya U-16 2 (0)
2014–2015 Angliya U-17 10 (2)
2016 Angliya U-18 4 (2)
2016–2017 Angliya U-19 11 (3)
2018 Angliya U-20 1 (1)
2018 Angliya U-21 3 (0)
2019–2021 Germaniya U-21 20 (12)
2021– Germaniya 7 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (23-sentyabr uchun)

Lukas Okechukwu Nmecha (1998-yil 14-dekabr) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga klubi VfL Wolfsburg va Germaniya terma jamoasi hujumchisi.

Nmecha Germaniyaning Gamburg shahrida tugʻilgan, ammo bolaligida oilasi bilan Angliyaga koʻchib oʻtadi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester City[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Whytenshawe boshlangʻich maktab jamoasidagi oʻyinlarini koʻrgan Mancgester City skautlari uni klubga jalb qilishadi[4]. Yoshlar jamoasida 10 yildan ortiq toʻp surgan futbolchi 2017-yil 19-dekabrda Liga kubogi doirasidagi oʻyinda asosiy jamoa tarkibida debyutini oʻtkazadi[5].

Premyer liga doirasidagi debyutini esa 2018-yil 29-aprel kuni Gabriel Jesus oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazadi[6].

Preston North End (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nmecha 2018-19-yilgi mavsumni Preston North End jamoasida ijara asosida oʻtkazadi[7].

VfL Wolfsburg (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 3-avgust kuni Nmecha Bundesliga jamoasi VfL Wolfsburg bilan bir mavsumga moʻljallangan shartnoma imzolaydi[8].

Middlesbrough (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 3-yanvarida ijara shartnomasi yakunlangan Nmechakeyinchalik mavsum yakuniga qadar Middlesbrough safiga borib qoʻshiladi[9].

Anderlecht (ijara)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yilning 21-avgustida Nmecha sobiq jamoadoshi Vincent Kompanyning jamoasi Anderlecht tarkibiga borib qoʻshiladi[10]. 2020-yil 13-sentabr kuni esa u Belgiya klubi safidagi debyut golini kiritadi[11][12]. Hujumchi ushbu mavsumda 37 ta oʻyin oʻtkazib 18 gol muallifiga aylanadi.

VfL Wolfsburg[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nmecha sobiq jamoasi VfL Wolfsburg bilan 2021-yil 16-iyul kuni doimiy shartnoma imzoladi[13]. U 21-avgust kuni boʻlib oʻtgan Hertha Berlinga qarshi oʻyinda Bundesligadagi debyut golini kiritadi[14].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onasi nemis, Otasi nigeriyalik boʻlgan futbolchi Gamburgda tugʻilgan, ammo Angliyada ulgʻaygan. Nmecha Nigeriya, Germaniya va Angliya terma jamoalari uchun oʻynash huquqiga ega[15].

Angliya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yil oktyabr oyida Nmecha Makedoniyaga qarshi saralash oʻyinida Angliya U-17 safidagi debyut golini kiritadi[16]. Nmecha 2017-yilda boʻlib oʻtgan U-19 Yevropa chempionatida ham inglizlar tarkibidan joy oladi[17][18].

2018-yil 18-may kuni Nmecha Toulon Tournament turniri uchun Aidy Boutroyd boshqaruvi ostidagi Angliya U-21 jamoasidan ilk chaqiruvni oladi[19]. 2018-yil noyabr oyida esa futbolchi Germaniya U-20 jamoasiga qarshi kechgan bahsda gol muallifiga aylanadi[20].

Germaniya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil mart oyida Nmecha Germaniya terma jamoasini tanlaganini maʼlum qiladi va U-21 jamoasi tarkibiga kirtiladi[21]. U 2019-yil 26-mart kuni Bournemouthda kechgan Angliyaga qarshi uchrashuvda ushbu jamoa safida debyut qiladi[22].

U asosiy jamoa safidagi debyutini Lixtenshteynga qarshi kechgan Jahon Chempionati saralashi doirasidagi oʻyinda oʻtkazadi[23].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 2-mart holatiga koʻra
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Manchester City 2017–18[24] Premyer Liga 2 0 3 0
Preston North End (ijara) 2018–19[25] Chempionship 41 4 44 4
VfL Wolfsburg (ijara) 2019–20[26] Bundesliga 6 0 12 0
Middlesbrough (ijara) 2019–20[27] Chempionship 11 0 13 0
Anderlecht (ijara) 2020–21[26] Belgian Pro League 37 18 41 21
VfL Wolfsburg 2021–22 Bundesliga 25 8 31 10
2022–23 Bundesliga 16 4 18 4
2023–24 Bundesliga 3 1 4 2
Umumiy 44 13 53 16
Umumiy 141 35 168 43

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 23-sentyabr holatiga koʻra[28]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2021 2 0
2022 5 0
Umumiy 7 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Lukas Nmecha“. Bundesliga. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
  2. „Lukas Nmecha: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  3. „Lukas Nmecha“. VfL Wolfsburg. Qaraldi: 2022-yil 8-iyul.
  4. Julian Wacker. „Lukas Nmecha: eine Neun mit gehörig Pep(p)“ (de). talentkritiker.de (2017-yil 5-aprel).
  5. „Leicester v Manchester City: Match report“. Manchester City Official (2017-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 19-dekabr.
  6. Fifield. „West Ham still not safe after emphatic win for Manchester City“. The Guardian (2018-yil 29-aprel). Qaraldi: 2018-yil 28-may.
  7. „Lukas Nmecha joins Preston on loan“. Manchester City FC. Qaraldi: 2018-yil 9-avgust.
  8. „Wolves attack bolstered by new recruit“. VfL Wolfsburg (2019-yil 3-avgust). Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  9. „Boro Complete Loan Deal For Lukas Nmecha“. Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
  10. „Who is Lukas Nmecha, the 21-year-old striker with barely three goals to his name? – Football news“. News1 (2020-yil 21-avgust).
  11. „Manchester City loanee Nmecha scores while Tau impresses in Anderlecht victory“. Goal.com (2020-yil 13-sentyabr).
  12. „Tau in action as Anderlecht cruise to victory in six-goal thriller against Waasland-Beveren“. Goal.com (2020-yil 19-sentyabr).
  13. „Nmecha returns to Wolves“. VfL Wolfsburg (2021-yil 16-iyul). Qaraldi: 2021-yil 11-noyabr.
  14. „Lukas Nmecha fires Wolfsburg to victory over Hertha Berlin“. Bundesliga (2021-yil 21-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  15. „Manchester City confirm striker is eligible to represent Nigeria“ (2018-yil 9-may).
  16. „Lukas Nmecha helps U17s to battling win over Macedonia“. The Football Association (2014-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  17. „Squad for U19 Euro“. The Football Association (2017-yil 26-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  18. „European Under-19 Championship: England beat Portugal in final“. BBC Sport (2017-yil 15-iyul). Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  19. „England U21s head to Maurice Revello tournament in Toulon with a 20-man squad“. The Football Association (2018-yil 18-may). Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  20. „England U20 2–0 Germany“. The Football Association (2018-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 17-mart.
  21. „Lukas Nmecha Called Up To Germany U21 Squad“. Preston North End (2019-yil 15-mart). Qaraldi: 2019-yil 16-mart.
  22. „England U21 1-2 Germany U21“. DFB (2019-yil 26-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
  23. „Germany v Liechtenstein game report“. FIFA (2021-yil 11-noyabr). Qaraldi: 2021-yil 17-noyabr.
  24. „Games played by Lukas Nmecha in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-may.
  25. „Games played by Lukas Nmecha in 2018/2019“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-may.
  26. 26,0 26,1 „L. Nmecha: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2020-yil 10-may.
  27. „Games played by Lukas Nmecha in 2019/2020“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2020-yil 10-may.
  28. Lukas Nmecha Soccerway saytida. Qaralgan sana: 11 November 2021.