Lukaniko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lukaniko — apelsin qobigʻi, arpabodiyon urugʻlari bilan ziravorlangan va baʼzan xushboʻy yogʻoch ustida dudlangan anʼanaviy yunon choʻchqa goʻshti kolbasasi. Lukaniko koʻpincha koʻkatlar, ayniqsa koʻk piyoz bilan ziravorlanadi[1]. Kolbasaga asosan choʻchqa goʻshti qoʻshiladi, lekin tayyorlash uchun har qanday goʻsht mos keladi.

Lukaniko dasturxonga koʻpincha meze sifatida, kesilgan va qovurilgan holda, baʼzan saganaki bilan tortiladi. Bundan tashqari, mashhur spetsofai yunon taomining asosiy komponenti hisoblanadi.

Nomining etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lukaniko taomining nomi qadimgi Rim tilidagi lucanica[2] soʻzidan (Janubiy Italiyadagi Lukaniya mintaqasidan) kelib chiqqan. Bu soʻz qadimgi Rim oshxonasi uchun anʼanaviy boʻlgan choʻchqa goʻshtidan kalta kolbasalarni bildiradi. Bu soʻz Yunonistonda IV-asrdan boshlab qoʻllanila boshlandi[3]. Zamonaviy italyan oshxonasida shunga oʻxshash nom va retseptga ega lukanika taomi mavjud; Bolgariya oshxonasida bunday taom lukanka, Ispaniyada, Lotin Amerikasida va Filippinda — longaniza deyiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Что попробовать в Греции - лучшие блюда“ (ru). Моя Греция и Халкидики (2016-yil 6-iyun). Qaraldi: 2017-yil 11-fevral.
  2. Γ. Μπαμπινιώτης, Λεξικό της Νέας Ελληνικής Γλώσσας, 1998
  3. Andrew Dalby, Siren Feasts, 1996, p. 181