Kontent qismiga oʻtish

Lug'ati chig'atoyi va Turk Usmoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sulaymon Buxoriyning “Lug'ati chig'atoyi va Turk Usmoniy” asari Sulaymon Buxoriy — XIX asrda yashagan mashhur o'zbek olimlaridan biri. U Buxorodagi madrasada o'qidi, Turkiyada (Istambulda) hayot kechirdi. Vengriyada turkologlar anjumanida (1860) ishtirok etdi. Uning lug'at tuzishgan mana shu anjuman qatnashuvi sabab bo'ldi. Shayx Sulaymon Buxoriyning lug'ati taniqli turkolog I. Kunosh tomonidan nemis tiliga tarjima qilindi va 1902 - yilda Budapeshtda nashr etildi.

Asar uch qismdan iborat: a)Birinchi qism muqaddima bo'lib, u "Manzumai chig'atoy" deb nomlangan. Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o'zining tarjimai holi va lug'atning tuzilishiga oid ma'lumotlarni keltiradi. b)Asarning ikkinchi qismi "Qavoid" deb nomlangan. Bu qism asli eski o'zbek tilining grammatik ocherkidir. Unda muallif, til qurilishiga oid tushunchalar bilan bir qatorda, chig'atoy tilining o'ziga xos xususiyatlarini, uning boshqa turkiy tillarga o'xshash va ulardan farqli tomonlarini ham aytib o'tadi. Turkiy tillarni bunday qiyoslash asarning yutuqlaridan hisoblanadi. c)Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug'at tashkil etadi. Unda eski o'zbek tilida ishlatilgan 7000 ga yaqin so'z va turg'un birikma usmonli turk tili vositasida izohlanadi. So'z ma'nolarining izohlari Alisher Navoiy va boshqa adiblarning asarlaridan olingan misollar bilan asoslab beriladi. Sulaymon Buxoriyning ushbu asari eski o'zbek tilini o'rganishda jiddiy va ishonchli manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega.

[1]

  1. Qo'chqortoyev, Iristoy. Turkiy filologiyaga kirish, Toshkent, 1984 — 29 bet.