Lori Barth

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lori Barth
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Ovoz rejessiori, prodyusser, qo`shiqchi, musiqa jurnalisiti, gitarist.

Lori Barth — koʻplab mashhur qoʻshiqlar yozgan amerikalik qoʻshiq yozuvchisi, musiqachi, prodyuser, jurnalist va The Society of Composers & Lyricists uchun Skor katta muharriri[1].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lori Barth Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida tugʻilgan va San-Fernando vodiysida ulgʻaygan. U yoshligidan musiqani oʻrgangan va qoʻshiqlar yozgan. 16 yoshida Movie Teen Illustratedda oʻz oylik rukniga ega edi. Norrijdagi Kaliforniya shtat universitetini tarix va jurnalistika fakultetini tamomlagandan soʻng, u California Apparel News jurnalida moda muharriri yordamchisi boʻlib faoliyat yurita boshladi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barth karyerasini oʻzgartirib, yozuvchi, ijrochi va gitara oʻqituvchisi sifatida faqat musiqa bilan shugʻullangan. Ikkinchi soha sifatida u "A Star is Born" filmi uchun Barbra Streyzandni, „Honeysuckle Rose“ filmida Emi Irvingni, Kristina Aplgeytni, Beau Bridgesni, Ellison Sudolni, Red Hot Chili Peppersdan Devid Navarroni boshqargan. Barth oʻn uch yildan ortiq vaqt davomida xalq artisti Bud Dashiell bilan oʻz musiqa maktablarini boshqarishgan.

Maktabni yopishganidan soʻng, u Bastakorlar va Liriklar jamiyatining "The Skor " deb nomlangan choraklik jurnaliga muharrir boʻldi. U The Scoredagi chiqishlari uchun ikki karra Deems Teylor mukofotiga sazovor boʻldi[2]. U shuningdek, Bastakorlar jamiyatining direktorlar kengashida ham faoliyat yuritgan.

Qoʻshiq muallifi sifatida Bart Joyeux Noelga „I’m Dreaming of Home“ nomli qoʻshiqni bastakor Fillip Rombi bilan birgalikda yozgan. U koʻplab xalqaro tadbirlarda, jumladan, 2008-yilda Oserda (Fransiya) boʻlib oʻtgan Musiqa va kino festivalida ishtirok etgan. U shuningdek, Wimy Ridge jangida Kanada g`alabasining 90-yilligini nishonlash uchun tanlangan.

Xit qoʻshiqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Barthning butun dunyo boʻylab platina sotiladigan bir nechta qoʻshiqlari bor, jumladan, „Mi Cuerpo Pride Mas“, Mi Mundo tomonidan kuylangan „Arena Y Sol“, Dyui Pechler tomonidan kuylangan „Left of Center“ va „I’m Dreaming of Home“ qoʻshiqlari.

Shuningdek, u Keb' Moʻ, AJ Croce, Girlfriend, Sara Geronimo, Mark Bautista va Claire de la Fuente uchun qoʻshiqlar yozgan va Brothers & Sisters, Smallville, HBO va Lifetime Movies telekoʻrsatuvlarida qoʻshiqlari ijro etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]