Lopo do Nascimento
Lopo do Nascimento | |
---|---|
Nascimento 1978-yilda Ruminiya qilgan tashrifi davomida | |
Angola Bosh Vaziri | |
Mansab davri 1975-yil 11-noyabr – 1978-yil 9-dekabr | |
Prezident | Agostinho Neto |
Vorisi | Fernando José de França Dias Van-Dúnem |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Lopo Fortunato Ferreira do Nascimento 10-iyul 1942-yil Luanda, Angolaning dengiz orti viloyati (Portugaliya) |
Siyosiy partiyasi | Angolani ozod qilish harakati (MPLA) |
Turmush oʻrtogʻi | Maria do Carmo Assis do Nascimento |
Lopo Fortunato Ferreira do Nascimento 1942-yil 10-iyulda tugʻilgan Angolalik sobiq siyosatchi. U 1975-yil 11-noyabrdan 1978-yil 9-dekabrgacha Angola Bosh Vaziri boʻlgan va Angolani ozod qilish xalq harakati (MPLA) bosh kotibi boʻlib faoliyat yuritgan.
U 19 yoshida qamoqqa olinadi, ammo Angolaning Cuanza Norte viloyatiga koʻchib ketish majburiyati bilan ozod etiladi. Shunga qaramay, u yer osti janglariga qatnashishda davom etadi va 1963-yilda yana hibsga olinadi. Bu safar u sud jarayoniga qatnashadi va jazoga hukm etiladi. Lopo olti yil davomida Portugaliya maʼmuriyati qoʻl ostidagi Luanda fuqarolar qamoqxonasida saqlanadi va u yerda qiynoqqa solinadi. Soʻroqlar paytida baʼzan u uch-besh kunlab uyqusiz hamda doimo oyoqda turadi; bir necha kundan keyin hatto Lopo oyoqlarining deyarli mador qolmaganini va ular soʻroq qilishda davom etishayotganini aytadi. Lekin u hech nima haqida gapirmaydi. 1969-yil yanvarda u qamoqdan chiqadi va Nocal pivo zavodiga ishga kiradi. 1973-yilning oxirida esa u Lissabon orqali Algeriaga boradi. MPLAning juda koʻplab muammolari boʻlgani sababli (ayniqsa Daniel Chipenda Sharqiy qoʻzgʻoloni bilan) Lopo Angolani tark etishga majbur boʻladi, ammo hukumat uni rahbarlikni oʻz qoʻliga olishni soʻraydi[1].
Lopo Nascimento keyinchalik Hududiy maʼmuriyat vaziri boʻlgan; ushbu lavozimdan isteʼfoga chiqqanidan soʻng, 1992-yil 9-aprelda uning oʻrniga Paulo Kassoma tayinlangan[2]. 1993-yilda partiya Markaziy Qoʻmitasi tomonidan MPLA Bosh kotibi etib saylangan[3].
U 2008-yil sentabr oyida boʻlib oʻtgan qonunchilik saylovlarida MPLA milliy roʻyxatidagi 66-nomzod boʻlgan[4][5]. Lekin u oʻsha saylovda gʻolib boʻladi hamda MPLA Milliy Kengashda koʻpchilik tomonidan qo''lab-quvvatlanadi[5].
2013-yil 27-yanvarda u siyosatdan ketishini eʼlon qildi[6]. 2021-yil 10-fevralda Covid-19 kasalligi tufayli shifoxonaga yotqizildi, ammo oxirida uni yengib oʻtdi[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Lopo do Nascimento. "Gosto de sair pelos meus pés"“ (pt-PT). Jornal Expresso. Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.
- ↑ "Apr 1992 – Election date – Cabinet changes", Keesingʻs Record of World Events, Volume 38, April, 1992 Angola, Page 38851.
- ↑ Africa Research Bulletin (1993), Blackwell, page 10,964.
- ↑ „Eleições: Lista integral dos candidatos do MPLA, antigo PM Marcolino Moco fora, nova cara Akwá“ (Wayback Machine saytida 2008-08-18 sanasida arxivlangan), Angola Xyami, July 5, 2008 (portugalcha).
- ↑ 5,0 5,1 List of deputies elected in the 2008 election (Wayback Machine saytida 2008-09-19 sanasida arxivlangan), CNE website (portugalcha).
- ↑ „Diário de Notícias“. DN. 2020-yil 25-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 12-sentyabr.
- ↑ Administrador; News, Camunda „Lopo do Nascimento em franca recuperação já está em casa“ (pt-BR). Camunda News (2021-yil 11-fevral). Qaraldi: 2021-yil 20-noyabr.