Longyirbiyen shahri
Bu maqola avtomat tarjima qilingan yoki mashina tarjimasi tayinli oʻzgartirishsiz chop etilgani eʼtirof etilmoqda. Tarjimani tekshirib chiqish hamda maqoladagi mazmuniy va uslubiy xatolarini tuzatish kerak. Siz maqolani tuzatishga koʻmaklashishingiz mumkin. (Shuningdek, tarjima boʻyicha tavsiyalar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.) DIQQAT! BU OGOHLANTIRISHNI OʻZBOSHIMCHALIK BILAN OLIB TASHLAMANG! Maqolaning originali koʻrsatilinmagan. |
Longyirbiyen shahri - Norvegiyada joylashgan dunyoning eng shimoliy shahari boʻlib, oʻzining gʻalati qonuni va tabiyati bilan mashxur.
Longyirbiyen shahri | |
---|---|
shahar | |
78°13′0″N 15°38′0″E / 78.21667°N 15.63333°E | |
Mamlakat | Norvegiya |
Qachondan beri shahar | 1906 |
Maydon | 242.86 km2 (93.77 kv mi) |
Aholisi (2020) |
1,753 |
Vaqt mintaqasi | UTC+01.00 |
|
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Longyirbiyen Adventfyord qirgʻogʻidagi vodiyda joylashgan boʻlib, tik togʻlar va bir nechta muzliklar bilan oʻralgan. Shahar 1990 yillarda togʻ-kon sanoati sabab vujudga kelgan. 1901 yilda amerikalik sanoatchi John Munro Longyir bu yerga kelib konchilik qidiruv ishlarini boshlaydi. Arctic Coal kompaniyasi 1906 yilda hududdagi ilk konni ochadi. Shundan keyin shahar asoschisi bilan Longyirbiyen deb atala boshlanadi. „Long year“ – uzun yil degan maʼnoni anglatadi. Hozir ham bu hudud konchiligi bilan mashhur va odamlarning asosiy qismi ham shu soha ishlashadi.[1]
Iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Longyirbiyenda eng issiq harorat 21 daraja, eng sovuq esa – 46,3 darajada qayd etilgan. Shaharda 53 davlatdan odamlar kelib yashaydi. Ularning soni esa 2,400 atrofida. Yashashga keladiganlar orasida sovuq Arktika tabiatida koʻproq vaqt oʻtkazishni xohlaydigan sarguzasht ixlosmandlari ham bor.
Longyirbiyen dunyoning eng shimoliy shahri hisoblanadi. Shaharda quyoshning eng oxirgi botishi 25 oktyabrga toʻgʻri keladi. Shundan keyin 4 oy davomida quyosh qaytib chiqmaydi. Quyoshning qayta chiqish kuni 8 mart boʻlib, odamlar shu kuni 12:15 da quyoshning rasman qaytishini kutib olish uchun yigʻilishadi. Bu marosim bayrami 1 hafta davom etadi. Quyoshsiz kunlarda odamlar ishga yoki biror yumush bilan koʻchaga chiqsa, boshda fonar bilan yuradi. Shahardagi oʻziga xosliklardan biri odamlar shimol bugʻulari va qutb ayiqlari bilan yonma-yon yashaydi. Suvga yaqin joylarda esa suzayotgan kitlarni ham koʻrish mumkin.
Oq ayiqlar istalgan payt yoʻlingizdan chiqib qolishi mumkin. Shuning uchun aholi koʻpincha qurol bilan yuradi. Iqlimi qattiq sovuq, aksar kunlarida bulutli va quyosh boʻlmaydi. Bu manzara ayrim sayyohlar uchun maʼqul kelsa, ayrimlarga yoqmasligi mumkin.
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Longyirbiyen shahrida jami yoʻllar uzunligi qoʻshib chiqilsa, 40 kilometrni tashkil qiladi. Shahar, shahar atrofi, shahar markazi va yangi shaharga boʻlingan. Koʻpgina mehmonxonalar, restoranlar va doʻkonlar shahar markazida joylashgan. Koʻchalarga nom emas, raqam qoʻyilgan. Tub aholi madaniyatiga koʻra, mehmonxona yoki restoranlarga oyoq kiyim yechib kiriladi. Shaharning asosiy transporti Snovmobile deb ataladi. U kattaroq mototsiklni eslatib yuboradigan, qorda yurishga moslashgan transport turi. Va bu shahardagi eng asosiy transport vositasi hisoblanadi.
Turizim
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharda oʻtgan 40 yil ichida konchilikdan tashqari boshqa bizneslar ham rivojlandi. Masalan, endilikda shahar turistlar orqali ham boyimoqda. Yiliga 100 mingdan ortiq kishi shaharga tashrif buyuradi.
Bu yerga chetdan odamlar ishlash va yashash uchun keladi, lekin uzoq muddatga emas. Norvegiya rasmiylari statistikasiga koʻra, odamlarning bu yerda oʻrtacha qolib yashashi 7 yilga toʻgʻri keladi.
Shaharda kam odam yashashiga qaramasdan, metropolis sayyohlarga ham, aholiga ham juda keng servis turlarini taqdim qiladi. Masalan, bir qancha restoranlar, bar, doʻkon va tabiat qoʻynida koʻngilochar mashgʻulotlar sayyohlar uchun ayni muddao boʻlishi mumkin. Oʻta sovuq haroratda uzoq shimol davlatidagi bu shaharning oʻz shokolad fabrikasi, issiqxonasi borligi va unda bir qancha sabzavotlar yetishtirilishini koʻp kishi taxmin qilolmasligi mumkin. Aslida esa bu sanalganlarning barini Longyirbiyenda uchrata olasiz.
Gʻalati qonun
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shahar shuningdek oʻzining gʻalati qonuni bilan ham tanilgan. Qonun boʻyicha odamlarga Lonyirbiyenda vafot etishga ruxsat berilmagan. Chunki Arktikaning oʻta sovuq iqlimi jasadlarning chirishiga yoʻl qoʻymaydi. Shuning uchun ham shahardagi qabristonda oʻlik qabul qilish toʻxtatilganiga 70 yil boʻlyapti. Qonunga koʻra, shahar aholisi vafot etish uchun rasmiy ruxsat olib, boshqa shaharga ketishi kerak. Agar kimdir toʻsatdan oʻlib qolsa, uning jasadi samolyotda yoki kemada Norvegiyaga joʻnatiladi.[2] [3]