Liyon sousi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liyon sousi (fransuzcha: Sauce lyonnaise) — Fransuz oshxonasiga xos, sharob, moy, sirka va piyozdan tayyorlanadigan sous. Aynan tarkibida piyoz boʻlishi sousga Liyon nomini berishga asos boʻlgan, chunki Liyon oʻzining piyozli taomlari bilan dong chiqargan va a la lyonnaise (ala lionez) nomi idishda piyoz borligini anglatadi[1].

Sous taom pishirish chogʻida, goʻshtli assortilarda yoki sabzavotlar bilan ishlatiladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liyon sousi 1600-yillarda Filipp de Morne (1549-1623) tomonidan ixtiro qilingan deb hisoblanadi. Shuningdek, u Morne sousi, beshamel sousi, ov sousi va Porto sousining reseptini ixtiro qilgan[2][3].

Tayyorlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Piyoz yogʻda qovuriladi. Unga sirka va quruq oq sharob qoʻshilib, ozgina qaynatiladi. Keyin unga bulyon, tomat pastasi, tuz va qalampir qoʻshish ham mumkin[4]. Fransiyaning mashhur oshpazlari Urbain Dubois va Émile Bernard oʻzlarining La Cuisine Classique deb nomlangan kitoblarida ushbu sousni tayyorlashda shirin Sauternes vinosidan foydalanishni tavsiya qiladilar. Unga, shuningdek, shakar, sarimsoqpiyoz, kashnich (petrushka) va tuxum sarigʻi ham qoʻshiladi[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]