Livandagi fransuzlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Livandagi fransuzlar ― (fransuzcha: Français du Liban), shuningdek, livanlik fransuzlar (fransuzcha: Franco-Libanais) Livanda yashovchi fransuz diasporasining bir qismidir. Ularning koʻpchiligi Fransiya fuqarolari boʻlib, ular orasida ikki fuqarolikka ega boʻlganlar koʻp. Fransuz livanliklar umumiy aholi soni 21 mingga yaqin; biroq ularning diniy va lingvistik mansubligiga oid maʼlumotlar, mavjud emas.

Siyosiy vakillik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Livanlik fransuzlar Fransuz fuqarolari assambleyasida chet eldagilar sifatida taʼkidlangan; Livan Suriya, Iroq va Iordaniya bilan bir qatorda (garchi ancha kichik boʻlsa ham, bu mamlakatlarda ham fransuz hamjamiyati bor) Bayrut saylov okrugining bir qismi boʻlib, undan uch vakil Assambleyaga saylanadi. Oxirgi assambleya saylovlari 2006-yil 18-iyulda boʻlib oʻtdi, unda 4156 saylovchi, shu jumladan 3787 livanlik fransuz saylovchilari ishtirok etgan. Jan-Lui Mange (f. Jan-Lui Maingui; 1953-yilda tugʻilgan, Bayrut, Demokratlar va mustaqil liberallar ittifoqi partiyasi), Denis Rever-Xaddat (f. Denis Revers-Xaddad; 1940-yilda tugʻilgan, Varenn-Jarsi, chet eldagi Fransiya fuqarolari harakati partiyasi) va Marsel Logel (fr. Marsel Laugel; 1931-yilda tugʻilgan, Jazoir, Demokratlar va mustaqil liberallar ittifoqi partiyasi), kabi vakillar saylangan[1].

2012-yilda Livan Chet eldagi fransuzlar uchun shakllantirilgan va Yaqin Sharq, Markaziy, Sharqiy va Janubiy Afrikani oʻz ichiga olgan Oʻninchi saylov okrugi tarkibiga kirgan. 2011-yil 31-dekabr holatiga koʻra, okrugda 147,997 nafar saylovchi roʻyxatga olingan, ulardan 21,428 nafari Livanda[2]. Saylov okrugida qatnashgan 11 nomzoddan faqat ikkitasi Livanda doimiy yashovchi sifatida qayd etilgan; ulardan hech biri Fransiyadagi asosiy partiyalardan biriga mansub boʻlmagan.

Livanlik fransuzlar Fransiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-2012-yillarda Fransiya Milliy Assambleyasida, kelib chiqishi livanlik boʻlgan, ikki deputat — Anri Jibrael (Sotsialistik partiya aʼzosi) va Eli Abud (1959-yilda Bayrutda tugʻilgan, Xalq harakat uchun ittifoqi aʼzosi) boʻlgan. Bundan tashqari, xuddi shu yillarda sanoat, energetika va elektron iqtisodiyot vaziri sifatida, onasi Livanlik boʻlgan Erik Besson, Fransiya hukumati aʼzosi boʻlgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]