Light Yagami

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Light Yagami (yaponcha: 夜神 月ライト) Tsugumi Ohba va Takeshi Obata tomonidan yaratilgan Death Note (bundan so'ng "O'lim daftari") mangasining asosiy qahramoni. U O'lim daftarini topib olgan o'ta mulohazali, daho, ammo hayotdan zerikkan qahramon sifatida tasvirlangan (O'lim daftari bu — yapon mifologiyasidagi o'lim xudosi Shinigami Ryuk tomonidan yerga tashlab yuborilgan, ismi va yuzi aniq bo'lgan istalgan odamni g'ayrioddiy tarzda o'ldirishga imkon beradigan daftar). Dunyodagi notengliklarda hafsalasi pir bo'lgan Light Kira (yaponcha: キラ?) nomi ostida o'zi keraksiz deya hisoblagan insonlarni daftar yordamida o'ldira boshlaydi. Jinoyat va yovuzlikdan xoli dunyoni yaratishga bel bog'lar ekan, u o'zini Yangi Dunyo — Adolat Dunyosining xudosi deya ataydi. Uning qotilliklari jinoyatchilar orasida qo'rquv ruhini uyg'otgach, dunyoning 1-raqami detektivi — L nomi bilan tanilgan izquvar uning iziga tushadi.

Animening asl yaponcha versiyasida unga Mamoru Miyano va inglizcha versiyasida Brad Swaile ovoz bergan. Ushbu anime shu qadar mahorat bilan animatsiyalashtirilgan va ovoz berilganki, hattoki tanqidchilarning olqishlariga ham sazovo bo'lgan.

Ismning kelib chiqishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

O'lim daftari mangasi muallifi Tsugumi Ohbaning aytishicha, manga muharriri "Light" ismi uchun aynan "Yagami" familiyasini taklif qilgan.("Yagami" kanjisi bir paytda "tun" va "xudo" degan ma'nolarnini anglatadi).

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]