Kontent qismiga oʻtish

Leykopoez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leykopoez - bu gemopoezning bir qismi boʻlib, unda oq qon hujayralari (WBC yoki leykotsitlar) kattalar insonlarning suyak iligida va homilaning qon hosil qiluvchi organlari (timus, jigar kabi)da hosil boʻladi.[1][2] Leykopoez ikki yoʻldan iborat: Granulotsitlar hamda monotsitlarning shakllanishi va limfotsitlarning shakllanishi.

Leykopoez boshqaruvi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Lekopoezning ikki yoʻli

Leykopoez boshqaruv mexanizmi “samarali teskari aloqa” mexanizmiga qiyoslanadi. Bunda toʻqima yalligʻlanganda, shikastlanganda bakterial toksinlar, shikastlanish mahsulotlari – leykotsitlarning sezilarli darajada koʻp ajralishiga sabab boʻladi. Demak, eritropoezdan farqli ravishda oʻlgan va oʻlayotgan leykotsitlarning oʻzi leykopoezni boshqarishda muhim ahamiyatga ega.[2] Leykopoezni ragʻbatlantiruvchi yoki ingibirlovchi moddalar murakkab boʻlib, quyidagilardir:

Sitokinlarning ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli granulotsitlar va monotsit hosil boʻlishini stimullovchi sitokinlar kaloniya stimullovchi faktorlar (KSF) deyiladi.[1][3] KSFlar monotsitlar va T-limfotsitlar tomonidan hosil qilingan glikoproteidlar boʻlib quyidagi guruhlarga boʻlinadi:

G-KSF – granulotsitlar prekursorlarini stimullaydi[2]

M-KSF – monotsitlar prekursorlarini stimullaydi[2]

GM-KSF – granulotsitlar va monotsitlar prekursorlarini stimullaydi[2]

Limfotsitlar hosil boʻlishini stimullovchi sitokinlarga interleykinlar (IL) deyiladi. Masalan, IL-1, IL3 va h.k. Interleykinlar monotsitlar, makrofaglar va endoteliy hujayralari tomonidan ishlab chiqiladi.

Prostoglandinlarning ahamiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Monotsitlar, laktoferrin va boshqa vositalar tomonidan ishlab chiqilgan prostoglandinlar leykopoezni boshqarishda ahamiyatga ega.[1][2]

Leykotsitlar suyak koʻmigida shakllanadi va sirkulyator tizimga kerak boʻlgunga qadar yigʻiladi. Normada leykotsitlar qonda aylanib yurgan miqdoriga nibatan 3marta koʻp miqdorda suyak koʻmigida yigʻiladi[2].

Monotsitlar kapilyarlardan toʻqimaga 10-20 soatdan soʻng oʻtadi. Ular toʻqima ichida shishib diametri 5 marta kattalashadi va toʻqima makrofagiga aylanadi. Makrofaglar fagotsitoz jarayoni boʻlgunicha yashashi mumkin. Immun tizimi tomonidan faollashtirilgan makrofaglar neytrofillardan koʻra ancha kuchli fagotsitlar boʻlib, 100 tagacha bakteriyaning "yostigʻini qurita oladi". Shuningdek, ular ancha katta obyektlarni masalan, butun boshli qizil qon tanachalarini yoki baʼzida malyariya parazitlarini ham qamrab olish qobiliyatiga ega, neytrofillar esa bakteriyadan kattaroq zarrachalarni fagotsitoz qila olmaydilar. Bundan tashqari, makrofaglar zarrachani parchalab boʻlgandan soʻng, qoldiq mahsulotlarni chiqarib tashlab, yana yashashda davom etishi va bir necha oylar davomida oʻz vazifasini bajarishi mumkin.[1][2]

Ayrim bakteriyalar, xususan sil batsillasida lizosomal parchalanishga chidamli qobiq mavjud hamda neytrofillar va makrofaglarning oʻldiruvchi taʼsiriga qisman bardoshli moddalarni sekretsiya qiladi. Shunday bakteriyalar koʻplab surunkali kasalliklarga (jumladan silga) sabab boʻladi.[2]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 2,8 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.
  3. Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.