Kontent qismiga oʻtish

Boris Levkovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Levkovich Boris Apollonovichdan yoʻnaltirildi)

Boris Apollonovich Levkovich (1886.23.6, Samarqand — 1966.30.4, Toshkent) — paxtaga dastlabki ishlov berish texnologiyasi boʻyicha olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1956), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1944), professor (1930). Varshava politexnika institutini tugatgan (1915). Oʻrta Osiyo universitetida oʻz tashabbusi bilan tashkil etgan paxtani dastlabki ishlash kafedrasida ishladi (1927). Oʻrta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutida dekan (1929), professor (1930—31), Toshkent toʻqimachilik institutida kafedra mudiri (1932— 66). Ilmiy ishlari paxtaga dastlabki ishlov berish, chigitdan tola ajratishning nazariy va amaliy masalalariga bagʻishlangan. As: Elementi teorii djinirovaniya, T., 1938.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil