Kontent qismiga oʻtish

Lenin haykali Oryol

Vikipediya, erkin ensiklopediya

V. I. Lenin haykali — Sovet siyosatchisi va davlat arbobi, Rossiya Sotsial-demokratik mehnat partiyasi (bolsheviklar) asoschisi, Rossiyada 1917-yilgi Oktabr inqilobining asosiy tashkilotchi va rahbarlaridan biri Vladimir Il’ich Leninga oʻrnatilgan yodgorlik. U dunyo tarixidagi birinchi sotsialistik davlatni tuzgan.

Vladimir Leninning Oryolda haykaltarosh G. D. Alekseyev tomonidan yasalgan birinchi haykali ochilishi 1920-yil 7-noyabrda shahar bulvariga kiraverishda boʻlib oʻtdi (hozirda Madaniyat va istirohat bogʻiga kiraverishdagi xiyobon). Bu rahbarning hayotlik chogʻida mamlakatda oʻrnatilgan ikkinchi haykali edi. Urushdan oldingi yodgorlik saqlanib qolmagan[1].

Leninning yangi monumental yodgorligi 1949-yil 22-fevralda I. S. Turgenev nomidagi sobiq viloyat drama teatri (hozirgi Erkin kosmik teatr [sobiq Yoshlar teatri]) binosi oldida ochildi. Uni haykaltarosh N.V.Tomskiy va meʼmor B.V.Antipov loyihalashtirdi[2].

Sovetlar uyi qurilib, uning oldidagi hudud tozalangach, Lenin yodgorligini shaharning bosh maydoniga koʻchirishga qaror qilindi. Yodgorlik muallifi Tomskiy Lenin shaklini oʻzgartirmagan holda saqlab qolib, peshtoqning yuqori qismiga meʼmor L.G. Golubovskiy loyihasi asosida yasalgan bronzali barelyefni joylagan. Bu esa dohiy shaklini bezab yiriklashtirgan. 1961-yil 4-iyulga oʻtar kechasi haykal eski poydevordan olib tashlandi. U Lenin nomidagi markaziy maydonda kulrang sayqallangan granitdan yasalgan yangisi tagkursiga oʻrnatildi[1].


  1. 1,0 1,1 Фёдоров С. И.. Записки архитектора. (Время, памятники, люди). Тула: Приокское, 1987 — 100—102-bet. 
  2. Живая связь времён (Памятники, мемориальные доски г. Орла). Справочник. Орёл: «Вешние Воды», 2004 — 25-bet. ISBN 5-87295-156-6.