Kontent qismiga oʻtish

Jezlash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Latunlashdan yoʻnaltirildi)

Jezlash, latunlash — metall (asosan, poʻlat) buyumlar sirtiga tarkibi mis (70%) va rux (30%) dan iborat yupqa (bir necha mkm) qatlamni qoplash. Asosan, elektrgalvanik usulda, yaʼni galvanik vannasida jezni choʻktirish usulida amalga oshiriladi. J. titan va titan qotishmalarining yedirilishiga qarshi xossalarini yaxshilash, buyumlarni zanglash (korroziya) dan asrash, qizdirib presslashda poʻlat hamda alyuminiy buyumlarning rezina bilan yaxshi tishlashishini taʼminlash maqsadida qilinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil