Abdugʻani Latipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Latipov Abdugʻanidan yoʻnaltirildi)

Abdugʻani Latipov (1878-1953) - naqqosh, samarqandlik usta. Us t a Naim, usta Abduzohid bilan ishlab hunar oʻrgangan. Xoʻja Yusuf, Mahmud Xorazmiy masjidlari, Abdu Darun masjidi ayvoni (1908—09, shift toʻsinida "amali usta Abdugʻani" yozuvi saqlangan), Koʻk masjid, Shayboniyxon masjidi, Bogʻi Baland masjidi (1910) va boshqa jamoat binolarini bezashda qatnashgan. Naqshlarining ulgu, andazalari toʻplami muzeylarda saqlanmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil