Lamedon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lamedon (qadimgi yunoncha: Λαμέδων) — yunon mifologiyasidagi Egialeyaning (boʻlajak Sikionning) oʻn sakkizinchi shohi[1][2]. Uning ismi „xalq homiysi“ degan maʼnoni anglatadi[3].

U haqida Pavsaniydan maʼlum boʻlib, unga koʻra u Koronning kenja oʻgʻli va oʻn oltinchi shoh Koraksning ukasi boʻlgan[3]. Koraks farzandsiz vafot etganidan soʻng, hokimiyat Fivdan qochgan Antiopaga uylangan (yoki uni oʻgʻirlab ketgan) Epopeyning qoʻliga oʻtadi, ammo shu sababli fivanliklar Egialiyaga qarshi urush boshladilar. Jangda uning amakisi Lik Epopeyni oʻldirib, shaharni egallaydi[4]. Lamedon urushni toʻxtatish uchun Antiopani fosh qildi, buning uchun Lik uni shoh etib tayinladi va Fivga qaytib keldi. Shoh boʻlib, Lamedon Klitiyning qizi afinalik Fenoga uylandi. U unga Zevksippa ismli qiz tugʻdi[5].

Lamedon Axeyning oʻgʻli Arxandr va Arxitel bilan jang qilganda, u gʻalabadan keyin Zevksippani xotinlikka olgan va uning vorisi boʻlgan (keyinchalik shahar nomini oʻz sharafiga oʻzgartirgan) Attikalik Sikionni yordamga chaqirgan[5]. Kesariyalik Yevseviy yilnomasida (II, 175) yozilishicha, Lamedon 40-yil hukmronlik qilgan.

O.Gruppe u bilan troyanliklar haqidagi afsona qahramonlari ismlarini taqqislagan[6], natija ishonarli emas[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Leonhard Schmitz (L. S.). Lamedon // Dictionary of Greek and Roman Biography and Mythology, ed. by Smith, William. Volume II. London, 1846, p. 713.
  2. H. W. Stoll: Lamedon. In: Wilhelm Heinrich Roscher (Hrsg.): Ausführliches Lexikon der griechischen und römischen Mythologie. Band 2,2, Leipzig 1897, Sp. 1818.
  3. 3,0 3,1 Pavsaniy. Opisanie Elladi, II, 5, 5.
  4. Псевдо-Аполлодор. Biblioteka (Mifologicheskaya biblioteka), III, 5, 5.
  5. 5,0 5,1 Pavsaniy. II, 6, 2-3.
  6. Otto Gruppe. Griechische Mythologie und Religionsgeschichte. 23. 130.
  7. W. Kroll: Lamedon. In: Paulys Realencyclopädie der classischen Altertumswissenschaft (RE). Band XII,1, Stuttgart 1924, Sp. 543-544.