Lambert Iogann Genrix

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LAMBERT (Lambert) Iogann Genrix (1728.26.8, Myulxauzen - 1777.25.9, Berlin) — nemis matematigi, fizigi, astronomi va filosofi. Berlin FA aʼzosi (1765). Ilmiy ishlari geometriya (parallel toʻgʻri chiziqlar, konus kesimlari, perspektiva nazariyasi), sferik trigonometriya va algebraga oid. L. l sonining irratsionalligini birinchi boʻlib isbotlagan (1766). U giperbolik funksiyalar apparatini bi-rinchilardan boʻlib qoʻllagan va bu funksiyalarga nom bergan (1768). L mantiqiy hisobni ishlab chiqqan va J. Bul mantiqiy algebrasining gʻoyalarini oldindan bilgan. Fizikada L. atmosferada yorugʻlik refraksiyasini oʻrgangan, fotometriyaga oid tekshirishlar oʻtkazgan, xira sirtlarda yorugʻlik qaytishi nazariyasini bergan. Astronomiyada kometali orbitalarni, Yupiter va Saturn harakatlari xususiyatlarini tekshirgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil