Lamaizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Lamaizm (tibetcha lama soʻzidan) — buddizmning asosiy yoʻnalishlaridan biri. 8-asrda Tibetda paydo boʻlgan. Tibet, Ichki Mongoliya (Xitoy)ning alohida joylarida va Mongoliyada hamda Nepal va Hindistonning ayrim yerlarida, Buryatiya, Qalmogʻiston va Tuvada tarqalgan. L. buddizmning barcha aqidalarini qabul qilgan. L. taʼlimotiga kura, inson faqat lamalar yordamida najot topadi (gunohlardan poklanadi). L.da lamalarga va mahalliy hokimlarga soʻzsiz boʻysunish asosiy fazilat hisoblanadi. L.ning anʼanaviy, qonunlashgan asosiy muqaddas kitoblari — Kanjur (108 jildli) va Tanjur (225 jildli)da bayon etilgan. L. bir qancha mayda oqimlarga boʻlinib ketgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Andoza:Religions-stub