Lakuna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Lakuna termini kanadalik tilshunoslar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan boʻlsa-da, u rus tilshunosligi va tar-jimashunosligidan mustahkam oʻrin oldi. Natijada rus tilshunosligida maxsus „lakunologiya“ sohasi vujudga keldi. Shu bilan birga, ekvivalentsiz leksikaga mansub atama, soʻzlar (realiya, ekvivalentsiz birlik va h.k.)dan tashqari yana lakunaga oid bir qancha lingvistik kategoriyalar, atamalar va tushunchalar paydo boʻldi. Jumladan, lakunologiya, lakunarlik feno¬meni (hodisasi), lakuna, lakunar birlik, lakuna voqelanuvchi til foni kabi tushunchalar borasida umumlashtiruvchi, izohli va tahliliy shakldagi ilmiy ishlar soni ancha koʻpaydi.

Lakunologiya sohasida samarali ishlar olib borgan G.V.Bikova mazkur tushunchaga quyidagicha taʼrif beradi: „Lakuna — leksema shaklida moddiy mujassamlanmagan, biroq konseptning kommunikativ talabi bilan sintaktik darajada obyektiv voqelanish xususiyatiga ega virtual leksik mohiyat, sememadir“. Ushbu taʼrifdan kelib chiqqan holda, lakuna-ning asosiy belgilari sifatida „moddiy mujassamlanmagan“, „sintaktik darajada obyektiv voqelangan“, „virtual leksik mohiyat“ kabi xususiyatlarni koʻrsatish mumkin. Lakunalarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalarini oʻrganishda, asosan, mazkur xususiyatlar kuzatildi[1].

V.I.Jelvisning fikricha, „… lakunalar — baʼzi tillar va madaniyatlarda „alohidalik“ sifatida namoyon boʻlsa, boshqalarida esa ularga ishora berilmaydi, yaʼni ular umumiy mustahkamlangan ifodasini topmaydi“[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Быкова Г.В. Лакунарность как категория лексической системологии. – Благовещенск: БГПУ, 2003. – С. 51.. 
  2. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „{{{title}}}“.