Hayot-mamot (teleserial)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(LOST (teleserial)dan yoʻnaltirildi)
Yoʻqolganlar
LOST
Lost main title.svg
Janr sarguzashtlar, drama, mistika
Gʻoya muallifi Jeffrey Lieber
J.J. Abrams
Damon Lindelof
Rejissyor Jack Bender
Stephen Williams
Eric Laneuville
Bosh rollarda
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSH
Ekranlarda 2004-yil 22-sentabrdan
2010-yil 23-maygacha
Seriya davomiyligi 42-43 daqiqa.
Seriyalar soni 121
IMDb ID 0411008

Hayot-mamot (ingl. „LOST“, oʻzbekchaga tarjima qilinganda „yoʻqolgan“ yoki „adashgan“ maʼnosini beradi) AQShdagi ABC televizion kanaliga oid serialdir. Hayot-mamot teleseriali 2004-yilning 22-sentabridan efirga uzatila boshladi.

Bir faslda oʻrtacha 23-24 boʻlim boʻlsada, 2008-yilgi 4-faslda faqatgina 13-boʻlim suratga olingan. Hayot-mamot ilk marta televizorda koʻrsatilgandan boshlab bu kungacha eng yaxshi va eng koʻp inson tarafidan koʻrilayotgan seriallardan biridir. Asosiy voqealar 22.09.2004 kuni Sidneydan Los-Anjelesga uchayotgan, OCEANIC (talaffuzi: oʻshianik) havo yoʻllariga tegishli 815-reysdagi samolyotning bir orol yoniga qulab tishishi va yoʻlovchilarning bir qismi tirik qolishi bilan boshlanadi. Tirik qolgan yoʻlovchilar orolda oʻzlarini tez orada kimlardir topishiga va yordam kelishiga umid qilib 3 kun oʻtkazishadi va suvlari tugay degan vaqtda hayotda doktor boʻlgan Jack Shephard (talaffuzi: Jek Shepard) oroldagi oʻrmon-chakalakzor ichida bir gʻor va uni yonida esa ichishga yaroqli suv topadi. Ular 3 kunda ham yordam kelmagandan keyin oʻzlarini hali beri bu oroldan qutulmasliklari mumkinligini tushunib yetishadi va bir oila kabi bir-birlariga yordam berib yashashga ahd qilishadi. Bu yerda JACK SHEPHARDning „If we donʼt live together, weʼre gonna die alone“ yani „Agar birgaliklga (toʻda boʻlib) yashamasak yolgʻizlikda oʻlib ketamiz“ degan soʻzi koʻp insonga taʼsir qiadi.