Kontent qismiga oʻtish

Kuzebay Gerd haykali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuzebay Gerd haykali ― Udmurt shoiri, nosir, dramaturg, xalq va jamoat arbobi Ijevsk shahrida Kommunarov koʻchasida Udmurt Respublikasi Milliy muzeyi yonida oʻrnatilgan.

2004-yilda Fin-Ugr xalqlarining IV Jahon Kongressi boʻlib oʻtgan. 2004-yil 26-iyulda Udmurtiya Davlat kengashida boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Ijevskdagi Kuzebay Gerd haykali uchun xayriya yigʻilayotgani eʼlon qilingan[1]. Bir yil oʻtgach, Udmurt Respublikasi Hukumatining 2005-yil 25-iyuldagi 732-R-sonli „Ijevsk shahrida Kommunarov koʻchasida Kuzebay Gerd haykali qurish toʻgʻrisida“gi qarori chiqqan[2]. Yodgorlik oʻrnatilishi Udmurt davlatchiligining 85-yilligini nishonlashga toʻgʻri kelgan. Yodgorlik mualliflari haykaltaroshlar, Kuzebay Gerd yodgorlik lavhasini yasagan, Anatoliy Yegorovich Anikin va Vitaliy Petrovich Yakovitskiylar[3]. Ular Kuzebay Gerd obrazini qahramonlik yoki fojiali tarzda emas, balki sheʼriy obraz sifatini tanlaganlar: bronza haykalda shoirning yashmadan yasalgan katta poydevorda oʻtirganini tasvirlashgan.

Yodgorlik 2005-yil 2-noyabrda ochilgan. Ochilish marosimida Udmurt Respublikasi Prezidenti Volkov A. A., shuningdek Udmurtiya Davlat kengashi raisi Semyonov I.N. va Udmurtiya Respublikasi hukumati raisi Pitkevich Yu.S. qatnashganlar[4].

  1. „В Ижевске установят памятник Кузебаю Герду“ (ru). «День» (2004-yil 26-iyul). 2013-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
  2. „Распоряжение от 25 июля 2005 года № 732-Р“ (ru). Право.Ru. 2013-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
  3. Ирина Хомич. „Распоряжение от 25 июля 2005 года № 732-Р“ (ru). Удмуртская правда (2007-yil 9-fevral). 2013-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
  4. „Сегодня в Ижевске состоялось торжественное открытие памятника Кузебаю Герду“ (ru). «День» (2005-yil 5-noyabr). 2013-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 13-may.
  • Udmurtskaya Respublika : Ensiklopediya / gl. red. V. V. Tuganaev. — 2-e izd., ispr. i dop. — Ijevsk : Izdatelstvo „Udmurtiya“, 2008. — 768 s. — 2200 ekz. — ISBN 978-5-7659-0486-2.