Kuydirgi (veterinariya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuydirgi — Anthrax (Sibirskaya yazva) oʻtkir kechuvchi oʻta xavfli yuqumli kasallik boʻlib, septitsemiya, ogʻir zaharlanish va karbunkulalar hosil boʻlishi bilan kechadi. Kasallik bilan barcha turdagi qishloq xoʻjalik, uy va yovvoyi hayvonlar hamda odamlar kasallanadi[1].

Kasallikning kelib chiqishi va iqtisodiy zarari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning tarqalishi hayvonlar turi va yoshiga bogʻliq. Kasallangan hayvonlarning 59,5% ini qoʻy-echkilar, 29,6% ini qoramol, 7,5% ini choʻchqa, 2,8% ini ot va 0,3% ini tuyalar tashkil etadi. Kasal hayvonning jasadlarini yoqib, kuydirib yoʻq qilish, dezinfeksiya, kasallikni oldini olish va qarshi kurashish uchun xoʻjalikdan katta mablagʻ sarf qilinadi.

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi va uning chidamliligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikni organizmda va sunʼiy ozuqa muhitlarda kapsula, tashqi kislorodli muhitda esa spora hosil qiluvchi batsilla-Bac. anthracis qoʻzgʻatadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchisining sporasiz vegetativ shakli tashqi muhit taʼsirlariga nisbatan chidamsiz, 60 °C gacha haroratda, kuchsiz dezinfeksiyalovchi vositalar taʼsirida 15 daqiqada faolsizlanadi. Qaynatish qoʻzgʻatuvchini nihoyatda tez, quyosh nuri esa bir necha soatda oʻldiradi Penitsillin, biomitsin, streptomitsin, levomitsitin va tetratsiklin kabi antibiotiklarga chidamsiz. Kuydirgi qoʻzgʻatuvchisining sporali shakli (batsilla) tashqi muhit taʼsirlariga juda chidamli. Tuproqda 80 yil va undan koʻproq muddatlarda oʻzining kasallik qoʻzgʻatish qobiliyatini saqlaydi. 100— 110 °S haroratga chidamli, past harorat, oshqozon shirasi unga umuman taʼsir etmaydi. Chirigan oʻlikda oʻlmaydi, suvda yillar davomida faol saqlanadi. Goʻsht, terini tuzlash, quritish sporaga taʼ sir etmaydi. Qoʻzgʻatuvchi dezinfeksion vositalardan 3% li kreo lin, 5— 10% li oʻyuvchi natriy, 10— 20% li xlorli ohak, 1% li formaldegid 2 soatda, 120— 140 °S quruq issiq 2— 3 soatda, qaynatish 15— 30 daqiqada, avtoklav 120 °C da 5— 10 daqiqada faolsizlantiradi.

Kasallikning tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikka eng sezgir qora mol, qoʻy-echki, ot, eshak, tuya, kiyik va barcha oʻt eydigan yov voyi hayvonlar hisoblanadi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi manbai boʻlib (kasal hayvonlar, ularning axlati, siydigi, soʻlagi bilan ajralgan bakteriyalar kislorodli muhitda sporaga aylanadi) spora bilan ifloslangan tashqi muhit predmetlari tuproq, xashak, don mahsulotlari, yaylov, suv havzalari boʻlib xizmat qiladi. Bundan tashqari, kuydirgi bilan kasallangan hayvon goʻsht va goʻsht mahsulotlari, teri, jun, suyak va goʻsht uni ham kasallik manbai boʻlishi mumkin. Kasallik qoʻzgʻatuvchilar ni koʻp hollarda qon soʻruvchi hasharotlar va kemiruvchilar uzoqlarga tarqatadi . Kasallik asosan bahor, yoz va kuz oylarida koʻproq uch raydi. Bunga kuchli yomgʻir, sel, daryo toshishi, kanal va ariq qazish, qurilishlar, podani haydash, batsilla bilan iflos langan yaylovda boqish, yozda qon soʻruvchi hasharotlarning faollashishi, suv havzalaridan suv ichish kabi omillar sabab boʻladi. Qishda faqat batsilla bilan ifloslangan dagʻal xashak, suyak va goʻsht chivinlari kabi omillar taʼsi rida kuydirgi kuzatilishi mumkin.

Kasallikni kechishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallik qoʻzgʻatuvchisi — batsilla aso san alimentar, aerozol (chang) yoʻllar bilan hayvonlarning shilliq pardalari yoki jarohatlangan terisi orqali kirib, avvalo, oʻzidan agressin va ekzotoksin chiqarib, oʻzining pa togenlik taʼsirini boshlaydi. Qoʻzgʻatuvchi organizmda kapsu la hosil qilib, fagotsitozdan oʻzini himoya qiladi. Kasallik qoʻzgʻatuvchi limfa tugunlari orqali qonga oʻtib, butun orga nizmga tarqaladi va septitsemiyani hosil qiladi. Organizmda kuchli zaharlanish kuzatiladi. Qonda kislota va ishqor muvo zanat buzilib, qon ivimaydigan boʻlib qoladi, tana harorati ni koʻtarilib, hayvonni oʻlimga olib keladi.

Fayl:Kuydirgi.JPG
Kasallikning klinik belgilari – teri va ogʻiz boʻshligʼidagi oʻzgarishlar

Klinik belgilari va shakllari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikning yashirin davri 13 kun. U organizmning rezistentligiga, qoʻzgʻatuvchi ning virulentligiga kirgan yoʻli va miqdoriga bogʻliq. Aso san ikkita shakli: septik va karbunkul shakllari farqlana di. Lekin patologik jarayonning joylashishiga qarab teri, ichak, oʻpka hamda karbunkul shakllari ham mavjud. Kasallik qoramollarda oʻta oʻtkir (shiddatli), oʻtkir, yarim oʻtkir va atipik shakllarda kechadi.

Shiddatli kechganda ayrim holatlarda qoramollarda ka sallikning klinik belgilari namoyon boʻlmasdan oʻlishi mum kin. Koʻpincha tashqi koʻrinishda sogʻlom hayvon bir pastda ka sallanib, qaltirab, muskullari tortishib, tutqanoqqa oʻxshab yiqilib 1— 2 soat ichida oʻladi. Agar kasallik bir oz choʻzilsa, qoramol va qoʻylar bezovtalanib, har narsadan qoʻrqavera di, tana harorati 40— 42°S ga koʻtarilib, pulsi tezlashadi, bezovtalanish kuchayadi. Burun va ogʻzidan pufakli va qonli suyuqlik oqadi. Tabiiy teshiklardan qon aralash suyuqlik keladi. Kasal hayvonlar odatda bir necha soatda oʻladi.

Yarim oʻtkir kechishi. Yuqorida qayd etilgan belgilar namoyon boʻladi, lekin sust rivojlanadi, ayrim holatlar

da xuddi tuzalayotganga oʻxshaydi, ammo hayvonning holati yomonlashib 68 kunlarida oʻladi.

Surunkali kechishi. Kasallik surunkali kechganda u 2-3 oy davom etadi va unda faqat keskin oriqlash kuzatiladi.

Abortiv shakli. Kasallik abortiv kechganda hayvonda tana haroratining biroz koʻtarilishi kuzatiladi va odatda

u tuzaladi.

Karbunkulyoz shakli. Kasallikning ushbu shakli kuydirgi oʻtkir va yarim oʻtkir kechganda ham boʻlaveradi. Karbunkulalar

hayvonning asosan bosh, elka, koʻkrak va qorin hududida zich, issiq va ogʻriqli suvli shish holida namoyon boʻladi.

Patologoanatomik oʻzgarishlari. Oʻlgan hayvon gavdasidagi oʻzgarishlarga murdaning qotmasligi, tez shishishi, tabiiy teshiklarda qotmagan qon oqishi kuzatilishi, qonning quyuq va qora boʻlishi kuydirgidan darakdir. Epizootologik maʼlumotlar kuydirgi kasalligiga gumonlik bersa, oʻlgan hayvonni yorish taqiqlanadi.

Tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikka tashxis klinik belgilari, epizootologik maʼlumotlar, patologoanatomik oʻzgarishlarni inobatga olib, yakuniy tashxis laborator tekshirishlar natijalariga asoslanib qoʻyiladi. Namuna uchun kesib olingan quloqning kesilgan va oʻlgan hayvonda qolgan quloqning kesilgan tomonlari qon oqmasligi uchun qizdirilgan temir bilan kuydiriladi. Patologik namunalar avval 13% li karbol kislota shimdirilgan toza gazlama yoki dokaga oʻraladi, keyin pergament qogʻoz, ustidan polietilen plenka bilan oʻraladi va metall konteynerga joylashtiriladi va maxsus steril idishga soli nib, laboratoriyaga tekshirish uchun bir kishi orqali, yoʻl lanma xat bilan yuboriladi.

Differensial tashxisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasallikni qorason, pasterel lyoz va piroplazmidozlardan, qoʻylarda uchraydigan bradzot, enterotoksemiya kasalliklaridan farq qilish kerak.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kasal hayvonlar darhol izolyatorga oʻtkazi lib, davolashga kirishiladi. Kuydirgini davolash uchun giperimmun qon zardobla- ri qoʻllaniladi. Yuborishdan oldin zardob suv hammomida 37 °C gacha qizdiriladi. U profilaktik va davolash uchun teri ostiga yuboriladi. Bu preparat ot, qoramol, tuyalarda profilaktika uchun 15— 20 ml, davolash maqsadida 100— 200 ml, qoʻy-echki va choʻchqalarda mos ravishda 8— 10 ml va 50— 100 ml miqdorda qoʻllaniladi. Kasallik jarayoni ogʻir kechsa, zar dobni venaga yoki qorin boʻshligʻiga yuborsa ham boʻladi. Pas siv immunitet 14— 15 kun davom etadi. Giperimmun qon zardo bi antibiotiklar (penitsillin, biomitsin, streptomitsin, ekmonovotsillin) bilan qoʻshib yuborilsa, yanada yaxshi naf beradi. Anafilatik shokni oldini olish uchun qon zardobi oldin 0,5— 1 ml miqdorda teri ostiga yuboriladi, keyin hayvonda noxush belgilar kuzatilmasa, zardobning qolgan dozasi teri ostiga yuboriladi. 100 kg ogʻirlikka 500,0 ming TB dozada 3 marta penitsillin yuboriladi, venaga 1 g ter romitsinni 10% li eritmada uch kun yuborish yaxshi natija berishi isbotlangan. Streptomitsin va tetratsiklin birgalikda muskul orasiga bir sutkada 4 marta yuboriladi. Kasallik karbunkul yoki tomoq shishi holatida kechganda esa, karbol kislotaning 3— 5% li eritmasini patologik jarayon atrofiga yuborish yaxshi natija beradi. Davolash uchun kuydirgiga qarshi gi perimmun qon zardobidan olingan gammaglobulin yubo rilsa, natijasi zardobga nisbatan ham samaraliroq boʻla di. Uning oldini olish dozasi qoʻylarga 3 ml, qoramollarga 7,5 ml, davolash dozasi tegishlicha 20— 80 ml.

Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish choralari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Kuydirgi2.JPG
Veterinariya hodimlarining maxsus kiyim kechaklari va kasallikning odamlardagi koʼrinishi

Kuydirgiga qarshi ishlatiladigan 55 shtammdan tayyorlangan suyuq va quruq vaksinalar mavjud. Vaksinaning 1 ml da 20-25 mln tirik spora mavjud. Vaksina profilaktik va majburiy emlash uchun teri ostiga yuboriladi. Kuydirgiga qarshi emlashni faqat veterinariya vrachlari bajarishi shart Yosh hayvonlar 3 oylikkacha emlashga ruxsat etilmaydi. Qoʻy-echkilarga boʻyin, koʻkrak yoki sonning ichki tomoniga 0,5 ml yuboriladi. Ot, qoramol, bugʻi, tuya, moʻynali hayvon larga boʻyinga, choʻchqalarga quloq orti yoki sonning ichki qismiga 1,0 ml dan yuboriladi. Immunitet 10 kundan keyin paydo boʻlib, 18 oy davom etadi. Kuruq sporali 55 shtammdan tayyorlangan vaksina steril holatdagi fiziologik eritma yoki distillangan suvda eritiladi. Emlangan hayvonlarni 14 kundan soʻng soʻyish mumkin. Xoʻjalikda hayvonlar orasida kasallik aniqlanishi bilan veterinar mutaxassisi darhol bu haqda tuman vete rinariya boʻlimini va sanitariya-epidemiologiya nazorati xodimini xabardor qiladi. Tuman (shahar) hokimi qarori bilan karantin qoʻyiladi. Karantin talablari boʻyicha quyidagilar taqiqlanadi: Sogʻlomlashtirish tadbirlarida dezobarer va kechayu kunduz ishlaydigan qorovullik posti tashkil etiladi. Hayvon turgan binolar har kuni dezinfeksiya qilinadi. Oʻlgan hayvon kuydiriladi. Qoldiq xashak, goʻng va boshqa chiqindilar kuydiriladi. Kasallarni parvarish qilish uchun alohida odam ajratiladi va u maxsus himoya kiyimlari bilan taʼminlanadi. Hayvon oʻlgan joy 10% li oʻyuvchi natriy bilan dezinfeksiya qilinib, 15— 20 sm chuqurlikda kovlanib, tuprogʻi 25% li faol xlorli ohak bilan aralashtirilib, 2 m chuqurlikka koʻmiladi va usti betonlanib, „Kuydirgi“ belgisi va sana yozib qoʻyiladi. Dezinfeksiya uchun 10% li oʻyuvchi natriy, 4% li formaldegid, 10% li bir xlorli yod, 7% li vodorod peroksid, 2% li glyutar aldegid qoʻllaniladi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Мусинов Я.Х., Чалабаев А.Ж.. ВЕТЕРИНАРИЯ АСОСЛАРИ. САМАРҚАНД 2012 йил.. 
  2. Қ.Ж. Шакиров А.И. Амиров.. Қорамол касалликлари. “Тасвир” Нашриёт уйи– 2021..