Vasiqa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kupchiydan yoʻnaltirildi)

Vasiqa, kupchiy — Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarida (shu jumladan, 1917-yilgacha Turkistonda) yer-mulk oldi-sotdisi toʻgʻrisida tuzilgan rasmiy shartnoma. V. koʻchmas mulkka (yer-suvga va xoʻjalik binolariga) doimiy yoki vaqtinchalik egalik qilish huquqini bergan. Turkiston qozixonalarida V. faqat bir nusxada (shariat qonunlariga asosan) tuzilgan; bunda har ikki taraf (oluvchi va sotuvchi) hamda ryeoviap V.ga imzo chekkach, uni qozi imzolab muhrlagan. Amirlar yer va b. koʻchmas mulklarini tortiq qilganlarida, V.ni oʻzlari berganlar. Shariat qonunlari amal qilgan joylarda V.lar sudi va sudyasi (vasoiq mahkamasi) mavjud boʻlib, ularga V.lar qonuniyligini koʻrib chiqish vakolati ham berilgan. Hoz. kunda ham Afgʻonistonda, ayrim arab mamlakatlarida V. rasmiy hujjat vazifasini oʻtaydi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil