Kulrang akulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Kulrang akulalar[1], yoki arrasimon tishli akulalar[1], yoki karxarin akulalari[2] (lotincha: Carcharhinidae) — Karxarinsimonlar turkumidagi akulalar oilasi. Akulalarning eng katta va koʻp sonli oilalaridan biri. Yoʻlbars akula, koʻk akula va toʻmtoq tumshugʻli akula kabi turlar ham unga tegishli. Bu turdagi akulalarning barchasi odamxoʻrlik sifati bilan tanilgan va bu borada oq akulalardan zarracha ortda qolishmaydi. Ustiga-ustak, ularning soni anchagina koʻp. Yoʻlbars akulasining uzunligi 6,32 m ga etadi. Toʻmtoq tumshuqli akula esa kaltaroq-uning uzunligi toʻrt metrgacha boʻladi. Ammo bu uning qanchalar xavfli ekanligiga taʼsir qilmaydi.

Barcha okeanlarning tropik, subtropik va moʻtadil suvlarida keng tarqalgan. Yettita turi chuchuk suvda hayot kechiradi.

Oilaning barcha vakillari akula bolalarini tirik holda dunyo keltiradi.

Tasniflanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oila 12 avlod va 50 ga yaqin turdan iborat.

  • Galeocerdo turi — yoʻlbars akulalari (1 tur)
  • Scoliodon turi — sariq uzuntumshuq akulalar (1 tur)
  • Carcharhinus turi — kulrang akulalar (32 tur)
  • Glyphis turi — chuchuk suvda yashovchi kulrang akulalar (4 tur)
  • Lamiopsis turi — keng parma tishli akulalar (2 tur)
  • Nasolamia turi — oq burunli akulalar (1 tur)
  • Negaprion turi — oʻtkir tishli akulalar (2 tur)
  • Prionace turi — koʻk akulalar (1 tur)
  • Rhizoprionodon turi — uzun tumshuqli akulalar (7 tur)
  • Loxodon turi — qisiq koʻzli kulrang akulalar (1 tur)
  • Isogomphodon turi — oʻtkirburun akulalar (1 tur)
  • Triaenodon turi — rif akulalari (1 tur)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Jizn jivotnix. Tom 4. Lansetniki. Kruglorotie. Xryaщevie ribi. Kostnie ribi / pod red. T. S. Rassa, gl. red. V. Ye. Sokolov. — 2-e izd. — M.: Prosveщenie, 1983. — S. 37. — 575 s.
  2. Lindberg, G. U., Gerd, A. S., Rass, T. S. Slovar nazvaniy morskix promislovix rib mirovoy fauni. — Leningrad: Nauka, 1980. — S. 38. — 562 s.