Kontent qismiga oʻtish

Kritsa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kritsa — tarkibida oz miqdorda oltingugurt, f’osor, kremniy boʻlgan kam uglerodli gʻalvirak temir; payvandlash materiali olishda ishlatiladi. Gʻovaqlarini shlak toʻldirib turadi. Kadimda temirchilik oʻchogʻida choʻyandan ortiqcha uglerod va boshqa aralashmalarni oksidlab olingan. Ularni bolgʻalab payvandlash temiriga aylantirilgan; uning plastikligi, payvandlanuvchanligi, zanglashga qarshiligi yuqori. Bulardan tashqari, K. bevosita rudadan 1250— 1350° da qaytarib (ortiqcha uglerod, kremniy, marganetsni yoʻqotib) olinadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil