Kraun efirlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kraun efirlar – makrotsikllik (oligomer) birikmalar boʻlib, tarkibida takrorlanuvchi etilenoksid (-CH2-CH2-O-) qismlariga ega, baʼzan kislorod atomlarining bir qismi N yoki S atomlariga almashgan boʻladi. Kraun efirlarning kashf etilishi va sintezi zamonaviy organik kimyo yutuqlaridan biridir.

Kashf etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kraun efirlarini Amerikaning DuPont kompaniyasining kimyogari boʻlmish Charlz Pedersen tomonidan tasodifan kashf qilingan. U dibenzo-18-kron-6 ga oʻxshash, lekin yopiq halqasiz ligandlarning koordinatsion xususiyatlarini oʻrganayotganda ushbu birikmalar mavjudligini tasodifan aniqlaydi. Pedersen tomonidan tajriba olib borilayotganda oʻrganilayotgan ligand yetarlicha sof boʻlmagan reagent tufayli tasodifan hosil boʻlgan oq kristallar koʻrinishidagi noodatiy birikmaning aralashmasi olinadi. Pederson yangi birikmani oʻrganib chiqgandan soʻng u mutlaqo yangi birikmaning birikmalar sinfining aʼzosi ekanligi maʼlum boʻladi.

Olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kraun efirlarining olinishi organik sintezning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Organik muhitga tipik noorganik birikmalarni oʻtkazish va ular bilan turli oʻzgarishlarni amalga oshirish imkoniyatlari paydo boʻldi. Masalan, kraun efirlarning biologik mnembranalar orqali ionlarning tashilishiga xizmat qilishi, fazalararo katalizator boʻlishi shular jumlasidandir.

kraun efirlarining nomlanishi

Kraun efirlarni geterotsiklik birikmalar qatoriga kiritish mumkin boʻlsada ularning oʻziga xos xususiyatlari ularni alohida sinf sifatida qarash va nomlanishida ham maʼlum qoidalar kiritish ga sabab boʻldi Birikma nom ida „kraun“ soʻzi boʻladi, uning oldidagi sonlar halqadagi umumiy atomlar sonini koʻrsatadi, nomning oxirida esa geteroatomlar (O, N va S) soni koʻrsatiladi.

Kraun efirlarini[1] nomlashda halqada kislarod atomlari mavjudligi koʻrsatilmaydi. Ammo boshqa geteroatomlar boʻlsa, ularning nomlari beriladi (azakraun yoki tiakraunefir), halqadagi holatlar sonlar bilan raqamlanadi. Kraun efirlar tarkibida oddiy efir C-O-C fragmentidan tashqari, amin C-NH-C yoki tioefir C-S-C fragmentlari ham boʻlishi mumkin. Bu sinf birikmalarining oʻziga xos xususiyati geteroatomlar (O, N, S)dagi taqsimlanmagan elektron Juftlar hisobiga bogʻ hosil qilishidir. Kraun-efirlarda bu xususiyat geteroatomlar soni koʻpligi va taqsimlanmagan elektron Juftlarining halqa ichiga tomon yoʻnalganligi sababli kuchli ifodalanadi. Natijada ishqoriy va ishqoriy-yer metallarining kationlari halqa ichiga kirib, mustahkam kompleks birikmalar hosil qiladi. Halqa oʻlchamini va mos ravishda molekulaning Ichki koʻlamint oʻzgartirish orqali kraun-efirning aniq oʻlcham dagt kattonni „ushlashiga“ erishish mumkin. Masalan, 12-kraun-4 Li', 15-kraun-5 Naʼ va 18-kraun-6 esa K+ katlonlari bilan mustahkam kompleks hosil qiladi.

Kraun-efirlar radiokimyoda yadro sanoati chiqindilarini qayta ishlashda muhim ahamiyatga ega. S tutgan kraun efirlar radiatsiyaga nisbatan yuqori barqarorlikka ega boʻlib, ular yordamida Sr 90lik , Cs 137 lik, Tc 99lik izotoplari „ushlanadi“. Bu izotoplar keyinchalik radiodiagnostika uskunalarida (rentgen apparatlari oʻrnida), uzoq muddatli tok manbalari va kosmik uskunalar ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Kraun efirlar ordamida U va Pu izotoplari ushlanishi natijasida yadro chiqindilarining radioaktivligi sezilarli darajada kamayadl. Shuningdek, kraun efrlar asosida yangi turdagi elektr oʻtkazuvchi materiallar ishlab chiqarilgan. Kraun efirlar hujayra membranasidan ishqoriy metallarni tashiydigan tabiy birikmalarning (ionofor) dastlabki sintetik analoglaridir. Kraun-efirlar tibbiyotda metall-tanqisligini yoki metall-ortiqchaligini davolashda istiqbolli boʻlishi mumkin.

Kraun efirlari (kraun birikmalari) xalqalarida 11 dan ortiq atomni oʻz ichiga olgan makrogeterotsiklik birikmalar boʻlib, ulardan kamida toʻrttasi etilen koʻpriklari (yoki uzunroq, masalan, uchta uglerod atomidan iborat) bilan oʻzaro bogʻlangan geteroatomlardir.

Odatda, geteroatom kislorod atomidir. Agar bir yoki bir nechta kislorod atomlari (ammo hammasi emas!) azot yoki oltingugurt atomlari bilan almashtirilsa, unda mos keladigan birikmalar mos ravishda azakron yoki tiakron efirlari deb ataladi. Agar barcha kislorod atomlari azot atomlari bilan almashtirilsa, bu sinfdagi birikmalar siklik poliaminlar, agar oltingugurt atomlarida boʻlsa – u holda tsiklik poliefirlar deb ataladi. Agar kraun efirlari benzol yoki siklogeksan halqalari bilan birlashtirilgan boʻlsa, ular benzokron yoki siklogeksan kraun efirlari deb tasniflanadi. Halqada P, Si, As atomlarini oʻz ichiga olgan kraun efirlari, shuningdek, amid, efir va boshqa baʼzi funktsional guruhlar olindi[2].


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Efir[3][4]

Organic chemistry[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kraun efirlari Yo'ldoshev Abdulloh Bunyodovich“.
  2. „kraun efiri“.
  3. „Efir“, Vikipediya, 2024-03-03, qaraldi: 2024-03-19
  4. „Эфир“, Википедия (ruscha), 2024-02-09, qaraldi: 2024-03-19
  5. „Organic chemistry“, Wikipedia (inglizcha), 2024-02-12, qaraldi: 2024-03-19