Kozimjon Tojiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kozimjon O‘ktamovich Tojiyev (1984-yil 4-avgust, Oʻzbekiston SSR, Navoiy viloyati, Navbahor tumani) — oʻzbek oʻqituvchisi va siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis III va IV-chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasi aʼzosi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil Kozimjon Tojiyev Navoiy davlat pedagogika institutini tamomlagan. 2015-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis III-chaqiriq Qonunchilik palatasiga saylangan, 2020-yilda esa yana bir muddatga saylangan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi aʼzosi lavozimiga tayinlangan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Депутаты“. parliament.gov.uz. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-yanvar.