Koventri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koventri — Buyuk Britaniyadagi shahar, Angliyada. Aholisi 302 ming kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning muhim mashinasozlik (avtomobilsozlik, samolyotsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika) markazi. Rangli metallurgiya, kimyo (sunʼiy tola ishlab chiqarish) sanoati korxonalari, universitet bor.

Shahar 1043 i. qurilgan monastir atrofida bunyodga kelgan. 13—17-yillarda savdo va hunarmandchilikning muhim markazi boʻlgan. K. ikkinchi jahon urushi vaqtida nemis fashistlari tomonidan vayron qilingan. 1946 yildan boshlab qayta tiklangan. 14-asrda qurilgan gotika sobori vayronalari fashizm yovuzligi xotirasi sifatida saqlab qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil