Konyuksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konyunksiya (birlashma-va mantiqiy funksiyasi) — Ikki yoki undan ortiq mulohaza bitta murakkab mulohaza tarzida birlashtirilishi mumkin. Bir nechta mulohazaning konyunksiyasi deb shunday murakkab mulohazaga aytiladiki, agar uni tashkil etuvchi hamma mulohazalar togʻri boʻlsa, toʻgʻri, uni tashkil etuvchilardan kamida bittasi yolgʻon boʻIsa, u ham yolgʻon boʻladi. Masalan „Sen mening oldimga kelding va biz ish haqida suhbatlashdik“ degan murakkab mulohaza uni tashkil etuvchi ikkala mulohaza toʻgʻri boʻlgandagina toʻgʻri boʻladi:

1-sen mening oldimga kelding va 2-bizish haqida suhbatlashdik. Mulohazani tashkil etuvchilardan kamida bittasi notoʻgri (yolgʻon) boʻlsa, u holda murakkab mulohaza ham notoʻgʻri (yolgʻon) boʻladi. N ta argumentning birlashmasi (konyunksiyasi)ga shu argumentlarning mantiqiy koʻpaytmasi deyiladi. Toʻgʻri mulohazani bir (1) bilan, yolgʻon mulohazani nol (0) bilan belgilash qabul qilingan. Bu esa murakkab mulohazaning toʻgriligini uning tashkil qiluvchilarining toʻgriligiga bogʻliq holda oson aniqlashga imkon beradi. Ikki mulohazaning konyunksiyasi odatda " * " bilan belgilanadi. Ikki mulohazaning konyunksiyasini mantiqiy koʻpaytrish qoidalari boʻyicha topish mumkin:

0 * 0=0 (ikkala mulohaza yolgʻon, shu sababli murakkab mulohaza ham yolgʻon).

0 – 1=0 (birinchi mulohaza yolgʻon, ikkinchisi rost, murakkab mulohaza ham yolgʻon).

1 – 0=0 (birinchi mulohaza rost, ikkinchisi yolgʻon, murakkab mulohaza ham yolgʻon).

1 * 1=1 (ikkala mulohaza ham rost, demak, murakkab mulohaza ham rost). Ikki argumentdan olingan mantiqiy funksiya BA shu argumentlarning arifmetik koʻpaytmasiga toʻla mos kelishini koʻrish qiyin emas. Texnik nuqtai nazardan mantiqiy funksiya BA konyunktor (yigʻuvchi qurilma) deb ataluvchi qurilma yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ketma-ket ulangan elektr kalitlar eng sodda konyunktorning modeli boʻladi. Bu holda eng sodda toʻgʻri mulohazaga kalitning berk holati mos keladi, murakkab mulohazaning toʻgʻriligiga esa elektr lampaning yonib turgan holati mos keladi. Mantiqiy sxema BA – konyunktorni yarim oʻtkazgichli diodlar yordamida amalga oshirish mumkin. Uchta sodda mulohazaga moʻljallangan sxema tasvirlangan. Toʻgʻri mulohaza (mantiqiy ,,1 ") katta elektr potensial, yolgʻoniga (mantiqiy ,,0 ") kichik elektr potensial mos keladi. Agar hamma diodlarga (A, B, C nuqtalar) E nuqtadagi kabi potensial berilsa, zanjirda tok boʻlmaydi va D nuqtaning potensiali E nuqtaniki kabi, yaʼni katta boʻladi, bu esa murakkab mulohazaning toʻgʻriligiga mos keladi. Agar diodlardan hech boʻmaganda biriga ham potensial berilsa (yolgʻon mulohaza) u holda diodda Emanbadan-rezistor arqal tok oqimi oʻtadi binobarin, D nuqtaning potensiali uncha katta boʻlmaydi. Bu murakkab mulohazaning yolgʻon boʻlishiga mos keladi[1]. Konyunktorning shartli tasviri keltirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. A.N.Remizov.