Konstantin Slivitskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Ivanovich Slivitskiy
shtab-kapitan
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1870-yil
Rossiya imperiyasi
Vafoti 1942-yil noyabr oyida
Тoshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR

Konstantin Ivanovich Slivitskiy (1870- 1942-yillarda yashab oʻtgan) –  Kushka qal’asi shtab boshligʻi (1905-yil), kapitani. Turkistonda sovet hokimiyatini agʻdarishga urinishlarni bostirishda muhim rol oʻynagan. Kushka  qalʼasi garnizoni askar deputatlari kengashi raisi. Sovet Ittifoqining  Аfgʻonistondagi birinchi norasmiy vakili.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstantin Ivanovich Slivitskiy Aleksandr maktabini[1]

tugatgandan soʻng, Kushkaga xizmat qilish uchun yuborilgan. 1905-yildan qal’a shtab boshligʻi sifatida faoliyatini boshlagan. Konstantin Slivitskiy oʻsha paytda Kushkada Oʻrta Osiyodagi eng qudratli ,,Spark” radiostansiyasiga asos solganlardan hisoblangan.

1917-yilda Konstantin Askarlar deputatlari kengashining raisi etib saylangan. Qizillar tarafidan fuqarolar urushi qatnashchisi. 1918-yilda uning qoʻmondonligidagi qal’a garnizoni bolsheviklarga qarshi kuchlarning qamaliga dosh bergan. Konstantin Ivanovich rahbarligida Afgʻoniston uchun radiorazvedka va kontrrazvedka tashkil etilgan.  

Konstantin Slivitskiy 1920-yil avgust oyidan 1921-yil mart oyigacha oilasi bilan sovet vakili sifatida Afgʻonistonning Kobulda istiqomat qilgan. Keyinchalik esa Toshkentdagi Ijroiya komissarligi boʻlimiga oʻtkazilgan.

Konstantin Ivanovich Slivitskiy 1942-yilning noyabrida miyaga qon quyilishi natijasida Toshkentda vafot etgan va shaharning Botkin qabristoniga dafn qilingan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

K. I. Slivitskiyning oʻgʻli — Konstantin Slivitskiy (1906-1983-yil 23-avgust) taniqli Toshkent qisqa toʻlqinli radio havaskori edi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Demyanov V.K.ning xotiralari (qo'lyozma). «Oʻzbekistonda Oktabr inqilobi gʻalabasi», «Oʻzbekistonda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi», 1963-yil.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. В некоторых источниках указывается, что он окончил Александровский кадетский корпус в Санкт-Петербурге.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]