Kontent qismiga oʻtish

Konsentrlangan oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Konsentrlangan oʻgʻitlar -tarkibida 45—64%gacha oziq moddalari boʻlgan oddiy yoki koʻp komponentli oʻgʻitlar. Donador oʻgʻit asosida ishlab chiqariladi. Oddiy K.oʻ.ga quyidagilar kiradi: ammoniy nitrat, karbamid, suvsiz ammiak, ikkilamchi superfosfat, pretsipitat, kaliy xlorid, kaliy sulfat; koʻp komponentlilarga ammoniy fosfatlar (ammofos, diammofos), nitrofos, kaliy va ammoniy metafos-fat (qarang Metafosfatlar), ammoniy polifosfat (polifosfatlar), kaliyli selitra va boshqa kiradi. K.oʻ. dehqonchilikda har xil tuproqlar va hamma turdagi ekinlar uchun asosiy oʻgʻitlar sifatida va ekinni oziqlashtirishda qoʻllanadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil