Komrat respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Komrat Respublikası (gag)
Комратская Республика (ru) Komrat respublikasi (oʻz)
Komrat Respublikası (gag) Комратская Республика (ru) Komrat respublikasi (oʻz) bayrogʻi
Komrot respublikasining bayrog‘i
Poytaxt Komrat
Rasmiy til(lar) Gagauz tili, ruscha
Din
Provaslav xristian
Hukumat Respubika
• 
1906-yil 6-yanvardan, 1906-yil 12-yanvargacha mavjud bo‘lgan
Aholi
• 1906-yilgi roʻyxat
Taxminan 10 000 kishi

Komrat respublikasi — 1906-yilda gagauz dehqonlarining Rossiya imperiyasiga qarshi kurashi natijasida qurilgan va juda qisqa muddat mavjud boʻlgan davlat[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XX asr boshlarida gagauzlar asosan Rossiya imperiyasining Bessarabiya gubernatorligida yashagan. Bu vaqtda Rossiya imperiyasi oʻz yerlarida yashovchi gagauz xalqiga nisbatan ruslashtirish siyosatini olib borishar edi. Andrey Galaţan va Atmaca Pavlioğlu boshchiligidagi gagauz dehqonlari Rossiya imperiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan bu siyosatga qarshi, shuningdek, oʻz milliy madaniyatini va oʻzligini himoya qilish maqsadida 1906-yil 6-yanvar kuni Komratda Rossiya imperiyasiga qarshi qoʻzgʻalon koʻtarishgan. Gagauz dehqonlari „Dehqonlar qoʻmitasi“ deb atalgan maxsus qoʻmita tuzadilar. Bu qo‘mita 1906-yil 10-yanvar kuni Komrat viloyatini respublika deb eʼlon qilish borasida qaror qabul qilgan. Shunday qilib, Komrat respublikasi rasman tashkil topadi. Dehqonlar qoʻmitasi dehqonlarning qarz xujjatlarini yoqib yuborish va soliq toʻlamaslik kabi qarorlar qabul qilgan.

Gagauzlar tomonidan asos solingan bu davlat boshqa xorijiy mamlakatlardan yordam ololmaydi. 1906-yil 12-yanvar kuni Rossiya imperiyasi askarlari qoʻzgʻolonni bostirish maqsadida Komratga keladi. Rossiya imperiyasi askarlari bu hududni hech qanday qarshiliksiz bosib oladi. Ushbu harbiy harakatlar natijasida Komrat respublikasi butunlay tugatilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Historical dictionary of the Russian Federation. Lanham: Rowman & Littlefield Publishers, 2019. ISBN 978-1538120477.