Kokki-likki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kokki-likki (inglizcha: Cock-a-leekie, „xoʻroz va piyoz“) — qora murch va koʻk piyoz qoʻshib tayyorlanadigan tovuq bulyonidan iboratShotlandiya shoʻrvasi. Tovuq shoʻrvasi retseptida keltirilgan mahsulotlar orasida suli yormasi, guruch, baʼzan arpa yormasi uchraydi. Anʼanaviy variantda shoʻrvaga qora olxoʻri ham qoʻshiladi, shuningdek shoʻrvani qora olxoʻrili julyen bilan boyitish ham mumkin.

Garchi uni „Shotlandiyaning milliy shoʻrvasi“ deb atasalar-da, taomFransiyada tovuq va piyozli shoʻrva sifatida paydo boʻlgan deb taxmin qilinadi[1]. 16-asrning oxirida[2] shoʻrva Shotlandiyaga kirib kelgan, u yerda retseptdagi oddiy piyoz koʻk piyoz bilan almashtirilgan[3]. Retsept ilk marta 1598-yilda chop etilgan[3], „Cock-a-leekie“ nomi esa 18-asrgacha ishlatilmagan[4]. Ushbu shoʻrvaning vegetarianlar uchun moʻljallangan variantlari ham mavjud. Vegetarianlar uchun moʻljallangan versiyasi tarkibi koʻk piyoz va sabzavotlar aralashmasidan iborat boʻladi, shoʻrvaga tovuq goʻsht oʻrnini bosuvchi vosita va qora olxoʻri qoʻshiladi[5].

Retsepti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toʻgʻralgan piyozning yarmi tovuq bilan qaynatiladi, yarmi esa shoʻrva deyarli tayyor boʻlganda qozonga solinadi. Bulyonga tovuq goʻshti qoʻshiladi. Ziravorlardan odatda qora garmdori, toshchoʻp, qalampirmunchoq ishlatiladi. Qora olxoʻri ovqatga oxirida qoʻshiladi va 3-5 daqiqa davomida bulyon ichida qaynatiladi. Aytishlariga qaraganda, u koʻkpiyozning achchiq taʼmini yumshatadi[6][7].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu shoʻrva haqidagi ilk maʼlumotlar „Orchtertyre House Book“ hisobchilar kitobida (1737) keltirilgan boʻlib, unda „kokki-likki“dan iborat tushlik haqida yozilgan. Eng qadimgi retsept esa muallif Isabella Bitonning viktorian davri pazandachiligiga oid kitobida keltirilgan, u yerda shoʻrvaning „mayda suli yormasi“ bilan quyultirilgani yozilgan[8]. Shotlandiyalik jurnalist va yozuvchi Kristian Izabel Jonston (uning kitoblari Meg Dods taxallusi bilan nashr etilgan) esa shoʻrva „koʻkpiyoz qoʻshilgani tufayli oʻta quyuq boʻlishi, uning birinchi qismini taom quyuq va yopishqoq boʻlguncha qaynatish kerakligi“ taʼkidlagan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Whitman, Joan. Craig Claiborneʼs The New York Times Food Encyclopedia. New York:New York Times Company, 1985
  2. „How to make the perfect cock-a-leekie soup“. The Guardian. Retrieved October 17, 2019
  3. 3,0 3,1 Ayto, John. An A to Z of Food & Drink, John Ayto. Oxford:Oxford University Press, 2002
  4. Davidson, Alan. Oxford Companion to Food, Alan Davidson. Oxford:Oxford University Press, 1999
  5. „Vegetarian Cock-A-Leekie Soup Recipe - Food.com“. food.com.
  6. Yeda, ya lyublyu tebya! — M.: AST, 2018. — 160 s. — 87. ISBN — 978-5-17-105997-2
  7. Kokki likki
  8. Brown, Catherine. A Year in A Scots Kitchen. Neil Wilson Publishing, 2011.