Kofermentlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koenzimlardan yoʻnaltirildi)

Kofermentlar [[[Lotin tili|lotincha]]: co- (cum) - birgalikda va fermentlar], koenzimlar — baʼzi fermentlar tarkibiga kiradigan, oksil xossasiga ega boʻlmagan quyi molekulali organik moddalar. K. apofermentlar bilan birikib, katalitik faol komplekslar hosil qiladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra, K. alifatik, aromatik, geterotsiklik va turli organik moddalarga xos; koʻpchilik K. vitaminlar (V,, V2, V6, RR va boshqalar) va nukleotidlarning hosilalaridir. K. hayvon va oʻsimlik organizmlari hujayralarida, mikroorganizmlarda bor. Nikotinamidadenindinukleotid (NAD), nikotin amid adenin dinukleotid fosfat (NADF), tiaminpirofosfat (TPF), flavina-denindinukleotid (FAD), koenzim A (KoA), lipoid kislota, adenozintrifosfat kislota (ATF) va boshqa tabiatda eng koʻp tarqalgan K.dir K. preparatlari (ATF, TPF, FAD)dan tibbiyotda foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil