Kontent qismiga oʻtish

Kodekslash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kodifikatsiya, xalqaro huquqda — bu mavjud normalarni tizimlashtirish, qarama-qarshiliklarni bartaraf etish, bo‘shliqlarni to‘ldirish, eskirgan normalarni yangilariga almashtirish jarayoni.

Bundan ko‘rinib turibdiki, kodifikatsiya qonun chiqarish jarayoniga aloqador. Davlatlar va ularning tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan rasmiy kodlash bilan davlat tashkilotlari, xususiy shaxslar ishtirokisiz ishlab chiqarilgan norasmiy kodlash o‘rtasidagi farqni aniqlash odat tusiga kirgan. Xalqaro Qizil Xoch Qo‘mitasi jamoat tashkiloti qurolli mojarolarining gumanitar qonunlarini kodifikatsiya qilish loyihasini tayyorlagan. Uning asosida 1949-yilda diplomatik konferensiyalar urush qurbonlarini himoya qilish to‘g‘risida o'tkazilgan to‘rtta Jeneva konvensiyasini va 1977-yildagi ikkita qo‘shimcha protokollarni qabul qilishgan.

Fanda kodifikatsiyalangan hujjatlar oʻz mazmuni va nomiga koʻra quyidagi turlarga boʻlinadi:

a) qonun asoslari - bu huquqning muayyan sohasi yoxud davlat boshqaruvi muayyan doirasining muhim qoidalarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatdir. Kodifikatsiyalashning bunday shakli federativ yoki ittifoq davlatlarida qoʻllaniladi.

b) kodeks - ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida amal qiluvchi hamda huquq tizimining barqarorligini talab etuvchi kodifikatsiyalashgan hujjatlarning eng keng tarqalgan turidir ( FK,JK,JPK va x.k)