Kodeklar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kodek (ingl. codec, coder/decoder – kodlovchi/dekodlovchi) – ma’lumot yoki signallarni o‘zgartirishga qodir qurilma yoki dastur. Quyida eng mashhur kodeklar ro‘yxati keltirilgan:

* Audiokodeklar AAC, ACELP.live, AIF, AU, MP3, Ogg Vorbis, RA, RAM, WMA;
* Videokodeklar DivX, AVI, Cinepak, H.261, H.263, H.264, Indeo, MPEG-1, MPEG-2, MPEG-4, RM, RV, WMV.

Kodeklarni Internet yordamida topish juda oson. Kodeklar turlari juda ko‘p, shuning uchun har bir audio yoki videofayl formati uchun alohida kodek yuklab olish va uni o‘rnatish mantiqsiz. Eng yaxshi usul – kodeklar to‘plamini o‘rnatishdir.

K-Lite Codec Pack[tahrir | manbasini tahrirlash]

K-Lite Codec Pack – har xil tur va formatdagi multimediyani uzluksiz ijro etish uchun Windowsning x86 va x64 versiyalarida o‘rnatilgan kodeklar to‘plami. Paket ichida hech qanday ayg‘oqchi dastur yoki boshqa zararli dastur mavjud emas.

Media Player Codec Pack[tahrir | manbasini tahrirlash]

Media Player Codec Pack – yana bitta ko‘p qirrali to‘plam. Windows kompyuterni filmlar tomosha qilish, musiqa tinglash va mediamahsulotni yozib olishga mo‘ljallangan ko‘p funktsiyali mediamarkazga aylantiradi. Paketda yuqori aniqlikdagi videoyozuvlarni ochuvchi 50 ga yaqin kodek mavjud.

AIMP[tahrir | manbasini tahrirlash]

AIMP – ko‘pchilik kompyuter foydalanuvchilariga yaxshi tanish, oddiy audiokonvertoga ega qulay musiqa pleyeri. U OGG, FLAC, APE, WAV, WMA kabi formatlarni o‘zgartirishga qodir. Uning asosiy afzalligi – soddaligi va foydalanishda qulayligi, chunki unga qo‘shimcha ilovalar talab qilinmaydi.

MediaHuman Audio Converter[tahrir | manbasini tahrirlash]

MediaHuman Audio Converter – audiofayllarni konvertatsiya qilish imkonini beruvchi maxsus dastur. U juda sodda interfeysga ega, uni tushunish ham oson. Uni ishlatish uchun fayllarni yuklash, kerakli formatni tanlash va tugmachani bosish yetarli. Unda bir vaqtning o‘zida ko‘plab fayllarni konvertatsiya qilish imkoniyati mavjud.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

WAV to MP3 - Online Converter

Online Converter (WAV to MP3)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1] [2]

  1. „Кодек“. https://ru.wikipedia.org/. Qaraldi: 18-sentabr 2022-yil.
  2. „Codec“. https://en.wikipedia.org/. Qaraldi: 18-sentabr 2022-yil.