Kontent qismiga oʻtish

Koagulogramma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Koagulogramma – bu qon ivish tizimining faoliyatini baholashda foydalaniluvchi laboratoriya tekshiruvi hisoblanadi. Odatda, test operatsiya amakiyotidan avval oʻtkaziladi. Bundan tashqari, ushbu tekshirish usuli homilador ayollar va yurak-qon tomir kasalliklari, qon ivish tizimining patologiyalari va yuqumli kasalliklar bilan kasallangan bemorlar uchun ham tavsiya etiladi[1].

Quyidagi holatlarda koagulogramma oʻtkazish zarur hisoblanadi. Bular:

  • takroriy abortlar;
  • jigar faoliyatining buzilishi;
  • varikoz tomirlari;
  • yurak xuruji;
  • insult;
  • anemiya;
  • ogʻir hayzli qon ketish;
  • glyukokortikosteroidlar yoki ogʻiz kontratseptivlaridan uzoq muddatli foydalanish.[2]

Koagulogramma oʻtkazishdan avval qilinishi kerak boʻlgan ishlar:

  • yogʻli ovqatlardan voz kechish;
  • chekish va spirtli ichimliklarni tashlash;
  • jismoniy faoliyatni cheklash;
  • stress, ortiqcha ish, psixo-emotsional stressdan qochish;
  • antikoagulyantlar, NSAIDlar va qon ivishiga taʼsir qiladigan boshqa dorilarni qabul qilishni toʻxtating.[3]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]