Koʻkat toʻsiq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Koʻkat devordan yoʻnaltirildi)

Koʻkat toʻsiq, koʻkat devor,chetan — bogʻ, koʻchatzor, yoʻl, gulzor, xiyobonlarni qor, qum bosishi, mol payhon qilishidan himoyalash, shuningdek, koʻcha va xiyobonlar manzarali boʻlishi uchun ularning chetiga qator qilib zich ekilgan buta yoki daraxtlar. Koʻkat toʻsiq hosil qilish uchun boʻyi bir tekis qalamchalar (baʼzan shox-shabba chiqarganlari ham) 1—3 qator ekiladi. Koʻkat toʻsiq oʻsimliklari tabiiy holda qoldiriladi yoki vaqt-vaqti bilan qaychilab, tekislab turiladi. Balandligi 1m gacha boʻlgan Koʻkat toʻsiq past boʻyli, mayda va serbarg, sekin oʻsadigan butalar (irgʻay, biota va boshqalar)dan 1 – 3 m balandlikdagi Koʻkat toʻsiq oʻrtacha va baland boʻyli butalar, baʼzi daraxtlar (doʻlana, uchqat va boshqalar) dan, 3 m.dan baland Koʻkat toʻsiqlar esa alohida oʻsadigan daraxt va butalar (buk, qoraqaragʻay, terak, archa va boshqalar)dan barpo etiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil