Kontent qismiga oʻtish

Koʻrinmas qoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ko'rinmas qo'ldan yoʻnaltirildi)

Koʻrinmas qoʻl (inglizcha: invisible hand) – Adam Smith asarlari chop etilgandan soʻng mashhurlikka erishgan metafora. Ilk marotaba u „Astronomiya tarixi“ nomli esseda paydo boʻladi. Ushbu asar muallif hayotlik chogʻida nashr etilmagan, ushbu metafora esa iqtisodda ishlatilmagan (gap qadimgi Rim xudosi Yupiterning qoʻli haqida boʻlgan[1]). Ushbu termin „Millatlarning boyligi tabiati va sabablari haqida izlanish“ asarida ilk marotaba individual shaxslarning oʻz manfaatlari uchun xalq boyligini oshirish taklifi orqali ommaga taʼsiriga nisbatan ishlatilgan.

Terminning paydo boʻlishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Koʻrinmas qoʻl“ metaforasi asosini tashkil qiluvchi xaotik tizimlarning tasodifiy tartiblanishi gʻoyasini XVII asrda ijod qilgan Petti va Lokk asarlarida uchratishimiz mumkin. Shotlandiyalik faylasuflardan biri Adam Smit oʻz asarlarining asosiy mavzusi sifatida individual shaxslar tomonidan amalga oshirilgan harakatlar uni amalga oshirgan shaxsning maqsadi boʻlmagan holda jamiyat uchun ijobiy oʻzgarishlar olib kelishi mumkin degan gʻoyani ilgari suradi.

Ilk marotaba koʻrinmas qoʻl termini aynan ushbu maʼnoda Adam Smitning „Axloqiy hissiyotlar nazariyasi“ asarida ishlatiladi:

Koʻrinishidan qandaydir koʻrinmas qoʻl ularning shunday harakat qilishga undaydi. Buning natijasida boylar oʻzlari ham bilmagan holda kambagʻal odamlar manfaati uchun harakat qiladi.

  1. Kennedy G. Adam Smith and the invisible hand: from metaphor to myth ( at econjwatch.org Error: unknown archive URL 20180427202221 sanasida arxivlangan) // Econ Journal Watch. 2009. vol. 6(2), pages 239—263